Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat


SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə134/154
tarix11.09.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#142669
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
Pedagogik mahorat-Majmua-2023 (2)

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIK MAHORAT
O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110100 - Pedagogika

Shahrisabz – 2023



Fan/mavzu kodi
Ped3216

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
3

Kreditlar
6

Fan/mavzu turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars
soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama (soat)

Pedagogik mahorat

90

90

180

1.

I.Fanning mazmuni
Bakalavrlarni pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyati nazariyasi xamda amaliyoti bo‘yicha bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir. Chunki, hozirgi zamon o‘qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, u xar tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo‘lgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs etib tarbiyalashdan iboratdir.
Fanning vazifasi: davr talabiga javob beradigan yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o‘rgangan holda emas, balki ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, muomilaga kirisha oladigan, o‘z ishini puxta egallagan mohir mutaxassislar etib tayyorlashdan iboratdir.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu: Pedagogik mahorat xaqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni.
O‘qituvchi faoliyatining tuzilishi. “Pedagogik mahorat” tushunchasi. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar, Pedagogik mahorat - pedagogik jarayon. O‘qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati. O‘qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika.
2-mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati
masalalari.
Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi, murabbiy va shogird masalalari. Ularning jamiyatda tutgan o’rni, pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlari. “Avestoda” ta’lim va tarbiya muammolari.
Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Unsurul Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husay Voiz Koshifiy va boshqalarning ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo‘yiladigan talablar,
ularning mahorati, muloqot va muomala madaniyati, munosabatga kirishish mahorati, ularni egallashga oid ilg‘or fikrlari.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin