3-mavzu: O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. Empatiya va perseptiv qobiliyatlar. Didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, bilish va anglash qobiliyatlari. O‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, o‘z xatti-harakatlarining to‘g‘riligiga nisbatan qat’iy ishonchi, uning o‘z-o‘zini idora qilish xamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati,
xis-tuyg‘ulari va kayfiyatini boshqara olishi, o‘z zimmasiga javobgarlikni ola bilishi, ijodiy holatni tashkil eta olishi kabi sifatlari.
4-mavzu: O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati Muloqot orqali ta’sir etish. Muloqotga kirishish. Aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari. O‘qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qullaniladigan muomala uslublari. O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: “Yuzni o‘qish san’ati”, o‘zgalar xolatini tushuna olish, o‘zini namoyon qila bilish, nutq vositasi xamda so‘zsiz xolatda inson ruhiyatini tushuna olish. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir kursatish usullari: ishontirish va ma’qullash. Ishontirishning og‘zaki shakllari: ogohlantiruvchi so‘zlar, tezlik bilan ta’sir etish, ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralar, hazil orqali anglatish, ma’qullash yoki ayblash.
5-mavzu: O‘qituvchi faoliyatida muloqot ma’daniyati va psixologiyasi “Muloqot” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati, muloqot birligi. Pedagogik muloqot, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. Pedagogik muloqotni tashkil etish bosichlari va usullari. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshkarish uslublari. Muloqot jarayonida tashabbusni boshkarish.
6-mavzu: O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot Dars hamda darsdan tashqari jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot, unga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilar jamoasida ularning e’tiborlarini jalb etish va ijodiy kayfiyatlarini yaratishda o‘qituvchi muloqotining ta’siri va uning ahamiyati, oq‘uvchi bilan bulgan muloqot jarayonida o‘qituvchi tomonidan ishontirish va ta’sir etish usullaridan foydalanish. Mulokot jarayonini boshkarish uslublari. O‘qituvchi obrusi. Avtoritar uslubdagi mulokot. Liberal uslubning o‘qituvchi faoliyatida namoyon: bulish xususiyatlari. O‘qituvchi ning demokratik uslubdagi mulokoti - O‘quvchilar fikriga tayanish, ushbu fikrlarni ma’qullash shakli. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda berilgan muloqot turlari (dustona muloqot, qurquv asosiga qurilgan muloqot, hazil-mutoyibaga asoslangan muloqot va boshqalar) xaqida