17
narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, chopon, qiyiqcha, sholcha kabilardan,
chunki ular diniy nuqtai nazardan pok hisoblanadi. Joynamoz kashtachilikda
juda chiroyli qilib bezatilgan bo‘ladi.
Zardevor — uy jihozi, u sidirg‘a shoyi baxmal, satinga kashta tikib
bezatilgan badiiy buyum. Zardevor o‘zbek hamda tojiklarda yangi tushgan
kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo‘yiladi. U zar ip yoki ipak gajimli
bo‘lib, eni 40—70 sm, uzunligi mo‘ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi.
Palak — devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri.
Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga
kashta tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham
kashta qoplanishi bilan farq qiladi.
Palakni urtasida iirik oi tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi
va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida
ko‘pincha bodom, qalampir elementlari qo‘llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham
tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak, o‘n ikki
oyli
palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak
tikilgani bizga ma’lum. Oylar
turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashhur kashtado‘zlar ba’zida oyni
ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini namoyon etganlar. Agar oyni ichi
sidirg‘a rangda ifodalangan bo‘lsa, uni , oypalak, agar naqshli bo‘lsa
gulpalak
va hokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo‘l mehnati ko‘p
bo‘lgani uchun
so‘zana deyila boshladi, lekin hozir palakni qo‘lda tikishga
katta ahamiyat berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: