Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Boysun gilam va undagi naqsh elementlari



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix13.05.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#113235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
KURS ishi.Elmurodova D.Kashtachilik

 
Boysun gilam va undagi naqsh elementlari.
Gilamlar o‘tmishda yer bag‘irlab yotiq holatda o‘rnatilgan pastak sodda 
dastgoqda to‘qilar edi. Keyinchalik to‘quv dastgohlari ancha mukammallashdi. Bu 
dastgox,larning to‘quvchi ayollar yonma-yon o‘tirib birdaniga to‘qiydigan 
keng g‘altakli xillari yasaldi. Qo‘lda gilam to‘qish juda qiyin, masalan, yaxshi 
mutaxassis 1 m
2
patli gilam to‘qish uchun 20—25 kun sarf qiladi. Shuning 
uchun ham qo‘lda to‘qilgan gilamlar qimmat turadi. Gilamlar ikki xil kalta patli 
(3—7 mm) va uzun patli (8—17 mm) qilib to‘qiladi. Turkmanlar gilam to‘qishda 
tuya tiviti, qo‘y juni, paxta tolasi va ipak ishlatadi. O‘zbeklar tuya tiviti, qo‘y juni 
va paxta tolasi ishlatadi. 
1.2. O‘zbek milliy kashtachiligi - kashtado‘zlik amaliy san’tning yuzaga 
kelishi. 
O‘zbek milliy kashtachiligi (kashtado‘zlik) amaliy san’tning eng 
qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi 
natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki 
chet ellarda ham shuhrat qozongan. O‘zbek xalq ustalari qo‘llari bilan tikilgan 
kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Belgiya, Amerika 
Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy, shuningdek, 
mamlakatimizning Farg‘ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki 
muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar 


11 
o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga 
solib kelmoqda. fadiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar 
va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy 
sharoit, muhit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj 
topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. X I V - XV asrlarga 
mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini 
ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur 
saroyida o‘zbek milliy kas hta bezaklarini ko‘r ganini kundaligida yozib 
qoldirgan. 1467 yili Kamoliddin Behzod «Zafarnoma»ga ishlagan «Temur 
taxtda» miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. XIX
asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik 
korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko‘p ishlab 
chiqarilishi ularning badiiyligiga putur etkazdi. Qo‘l kashtalari unutila 
boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi.O‘zbek kashtachiligi qo‘shni 
xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtalariga nazar 
solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afg‘on, Qozoq, Qirg‘iz va Tojik 
kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. 
Bu san’atda har bir millatning o‘ziga xos eng ko‘p qo‘llaydigan 
naqshlari bo‘ladi. Chunonchi o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik 
hamda gul naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik, o‘simliksimon 


12 
shakllar, gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. Hayvonlar, shox va tuyoqlarni 
eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 
Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari — bo‘lajak kelinchaklar seplari — har 
xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik 
nozik, chiroyli bo‘lsa, qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7-—9 
yoshidan boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch, to‘rt yildan keyin 
mustaqil kashta tika boshlaydilar. Etishib chiqqan kashtachilar o‘zining san’ati 
va tabiatiga ko‘ra go‘zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. 
Kashtachilikning muhim turlaridan biri zardo‘zlikdir. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin