Zardo‘zlik san'atidan namuna. Bolalar zar to‘ni.duxoba.
14
O‘rta Osiyoda zardo‘zlik juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq allaliy san’ati
turlaridan biridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan ma’lumki, O‘rta
Osiyo xalqlari orasida qadimdan I—II asrlarda zarbof kiyimlar, badiiy buyumlar
keng tarqalgan. 1947 yili Toshkent viloyatining Vrevskiy qishlog‘ida
o‘tkazilgan arxeologik topilmada ayol qabridan I-II asrlarga tegishli zarbof
kiyimlar topilgan. Abdurazzoq Samarqandiy «Hindiston safarnomasi» asarida 1442
yili Shohrux zallonida Shimoliy Hindiston bilan Hirot o‘rtasida turgan elchilarning
sovg‘alari orasida zarbof kiyimlar bo‘lganligini aytib o‘tgan. 1465 yili
«Ashratxona» maqbarasi haqidagi hujjatlarda zarbof kiyimlar haqida bayon etib
o‘tgan. Hirotda yashab ijod etgan Vasfiy o‘zini risolalarida zarbof kiyimlar va
zardo‘zlik kasbi to‘g‘risida bayon etgan. XVII asrda yashagan samarqandlik shoir
Fitratning asosiy kasbi zardo‘zlik bo‘lgan, u matolarga zardan ajoyib kashtalar
tikkan.
Qadimgi xonatlas mato va hozirgi zamonaviy shoyi, atlas, adras, beqasam matolar.
Xonatlas, Rahmatullayev Jabbor (1928-yil tug‘ilgan.)
Namangan, 1967-yil. To‘qilishi atlas shoyi, o‘rilishi abrbandi naqshida.
15
II BOB. KASHTACHILIK BUYUMLARIDA NAQSH BEZAKLARINING
AHAMIYATI.
2.1. Kashtachilik buyumlari va ulardagi naqsh bezaklarining turlari.
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta
tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech,
so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o‘zi tayyorlagan. Bezak
buyumlarining turi juda ko‘p masalan, so‘zana, kirpech, choyshab, oynaxalta,
choy xalta, zardevor, palak, gulko‘rpa, dorpech, bug‘joma, parda, belbog‘,
takyapo‘sh (yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon,
joynamoz, sumka, nimcha, maxsi-kavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan
bezatilgan. O‘tmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik
satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum
turlari bilan tanishib chiqamiz.
Do‘ppi — O‘zbekistonda keng tarqalgan engil bosh kiyim. Do‘ppi kiyish
dastlab Eronda va turkiy xalqlar o‘rtasida, Rossiyada esa XIII asrda rasm bo‘lgan.
Asrlar davomida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga,
sidirg‘a shoyiga ip, ipak va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda,
Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, SHahrisabz do‘ppilari mashhur
bo‘lib, ular o‘ziga xosdir. Jumhuriyatimizning barcha rayonlarida do‘ppi
tikiladi. Uning Iroq i, C hus t do‘ ppi, Gila m do‘ ppi, C hak ma to‘r, Qizil gul,
Piltado‘zi, Zardo‘ppi, To‘ldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppilar bor. Har bir
do‘ppi yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. O‘zbekistonda
16
ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega bo‘ladi. «Kuloh», «araqchin»,
«tusdo‘ppi».
Dostları ilə paylaş: |