Gilam to‘qish san’ati. Gilam to‘qish san’ati xalq amaliy bezak san’atining keng
tarqalgan turi bo‘lib, ko‘p asrlik milliy an’ana va uzoq tarixga ega. Gilam to‘qish
badiiy to‘qish hunariga kiradi. U qadimdan ayollar orasida keng tarqalgan
hunar sifatida mashhurdir. Gilam to‘qish san’ati ayniqsa chorvachilik bilan
shug‘ullanadigan ko‘chmanchi xalqlar orasida tarqalgan. Gilam qadim zamondan
beri xona ichini bezatish, issiq saqlash, tovushni kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Gilam asosan polga yoki bo‘yra ustiga to‘shaladi, xonani bezatish uchun devorga
osiladi va o‘tov ichiga o‘raladi. Bu san’at juda qadim zamonlardan beri
rivojlanganligini yozma tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar isbotlab berdi.
Arxeologik topilmalar natijasida Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikka
mansub gilamlar topilganligi tasdiqlandi. Qadimda Ussuri, Bobil, Midiyada
keyinroq esa Eron, Hindiston, Turkiyada to‘qilgan rangli gilamlar mashhur
bo‘lgan VII asr Ko‘lyozmalari gilam to‘qish san’ati o‘sha davrlarda O‘rta
Osiyoda ham rivojlanganligini tasdiqladi. V—VII asrlarda O‘rta Osiyodagi
ko‘pgina shaxarlardan Xitoyga har xil gilamlar olib kelingan. Masalan, Qarshi va
Nashebodan to‘qilgan gilamlar Xitoyga olib borib sotilgan. O‘rta Osiyo va
Afg‘oniston adabiyotlarida ko‘rsatilishicha VII—XI asrlarda Xorazm hamda
Samarqand bilan Buxoro o‘rtasidagi ba’zi shaharlardan kichik-kichik joynamoz
gilamchalar to‘qilib chet mamlakatlarga sotilgan.
XI—XII asrlarda O‘rta Osiyoda shu jumladan O‘zbekiston territoriyasida
gilam to‘qish san’ati juda rivojlangan. XIV asrda esa O‘zbekiston territoriyasida
gilam to‘qish san’ati rivojlanmay qoldi, chunki mongol bosqinchilari O‘rta
Osiyoniogallab olgan edi. XIV asrning ikkinchi yarmida O‘rta OsiyoningAmir
9
Temur qo‘liga o‘tishi bilan bu soha yanarivojlanib ketdi. Har xil xorijiy
mamlakatlardan olib kelingan ustalar gilam to‘qish ustaxonalarida ishlaganlar.
XVIII—XIX asr boshlarida ayniqsa, Buxoro va Farg‘ona xonliklarida
gilam to‘qish san’ati tez sur’atlar bilan rivojlandi. Bunda gilam tayyorlash
o‘zining naqshi, yuqori sifatli to‘qili lishi, bo‘yalish texnikasi bilan ajralib turdi.
O‘zbekistonda gilam to‘qish maktabi asosan ikki — Samarqand va
Andijon katta gruppalarga bo‘linadi. Andijon gilamlari o‘zining chidamliligi,
ishiqligi, aniq qizil-ko‘k koloriti bilan farq qiladi. Farg‘ona, Qoraqalpoq
gilamlari asosan ikki xil, ya’ni qizil va to‘q ko‘k rangda to‘qiladi. O‘zbek
gilamlarining tiga ko‘pincha ruta o‘rtasiga turunj yoki doira naqshi ishlanadi.
Samarqand gilamdo‘zlik maktabiga Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi
gilam o‘quvchilar kiradi. Buxoro gilamlari o‘zining rang-barangligi, kattaligi,
uzun patliligi va chiroyli naqshlari bilan ajralib turadi. Samarqand gilamlari
qisqa patli, markazida turunj chetiga alohida-alohida naqshlar ishlanadi.
Qalqon deb nomlangan turunj naqshi juda ko‘p ishlanadi. Gilamlar hoshiyador
estetik jihatdan chiroyli ishlangan bo‘ladi. Nurota gilamlari esa o‘zining uzun
patliligi, o‘rtacha kattalikda, siyrakroq to‘qilishi bilan ajralib turadi. Dastgohda
qo‘lda to‘qilgan gilamlar o‘zining chidamliligi, nafisligi, tabiyligi va sifati
jihatidan ajralib turadi. Bu gilamlar yuz yillab xizmat qilishi mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda qadimdan qo‘lda to‘qib kelinayotgan gilamlar yaxshi
rivojlangan. Turkmaniston, Gro‘ziya, Ozarbayjon va Armanistonda to‘qiladi.
Gilamning to‘qima, tikma va boslla xillari bor.
|