24
Sharof Rashidv nomidagi Samarqand Davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi
Amaliy san’at yo’nalishi 4-kurs 419-guruh talabasi Elmurodova Diyoraxonning
Naqqoshlik fanidan “Kashtachilik buyumlarida naqsh bezaklarining
ahamiyati“
mavzusidagi kurs ishiga
Taqriz
Farzandlariga yoshlik choqlaridan hunar o`rgatib kelgan xalqimiz o`zining
an'analaridan, urf-odatlaridan, turli ma'naviy mеroslaridan
unumli foydalanib
keladi. Bugungi kunimizda qadimgi xalqimizning an'analarini, usta va shogird
asosida yoshlarimizga hunar o`rgatishga katta e'tibor bеrilmoqda.
Ayniqsa oliy
ta'lim muassasalarini, turli san'at akadеmik litsey
va kasb-hunar maktablarida
yoshlarning kasb-hunar faoliyati bilan shuqullanishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni vujudga
keltirish, ularni mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`yicha nazariy
va amaliy bilimlarni bеrish uchun samarali meqnat qilinmoqda. Shuningdek, buyuk
ma'naviyatimizni tiklash va uni yanada yuksaltirish yo`lida ta'lim-tarbiya tizimini
yuksaltirish muxim aqamiyatga egadir. Elmurodova Diyoraxonning amaliy san’atni
o’qitish metodikasi fanidan “Kashtachilik buyumlarida naqsh bezaklaining
ahamiyati“ mavzusidagi kurs ishi rejaga asosan bajarilgan, u II bob, 2 paragrafdan
iborat bo’lib, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ilovalardan tashkil topgan. Kurs
ishining I-bobi
“Qadimgi matolar turlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlari
“ deb
nomlangan bo’lib, unda hunarmandchilikning o‘rta IX-XIII asrlarda rivojlanishi va
ustaxonalarida qadimgi mato bo‘yumlarning tayyorlanishi va o’‘zbek
milliy
kashtachiligi - kashtado‘zlik amaliy san’tning yuzaga kelishi mazmuni
yoritilgan. Kurs ishining II-bobi “Kashtachilik buyumlarida
naqsh bezaklarining
ahamiyati“
deb nomlangan bo’lib, bobda Kashtachilik buyumlari va ulardagi naqsh
bezaklarining turlari. Qardosh xalqlqr kashtachilik buyumlari va ulardagi naqsh
bezaklarining
elementlari, to‘qimachilik va grafik dizaynda milliy hozirgi davr
liboslarni yaratish nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Kurs ishi lotin grafikasida yozilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavzuni
yoritib berishga mos keladi.
Ushbu kurs ishini to’liq yakunlangan deb hisoblab, uni kafedrada himoya qilish
uchun tavsiya etaman.
Dostları ilə paylaş: