Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat unversteti tarix fakulteti 208-guruh talabasi Xolboyev jaloliddining tarixiy o’lkashunoslik va urbanizatsiya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/7
tarix04.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#107417
1   2   3   4   5   6   7
XOLBOYEV JALOLIDDIN 208 GURUH 1

O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va axamiyati kattadir. U moddiy va ma`naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni to`playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o`rganib taxlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi. Yig`ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy ta`lim-tarbiya ishlarini olib boradi. 1. O`zbekiston tarixi muzeyi o`tmishi haqida bir necha so`z M. T. Oybek nomidagi O`zbekiston tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va jamoat arboblarining harakati bilan va bevosita rahbarligi hamda yordamida 1976 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohada P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V. V. Bartol’d, M. S. Andreev, V. L.,Vyatkin, A. A. Divaev, L. A. Zimin, V. A. Kallaur, E. F. Kal’, B. N. Kastal’skiy, A. L. Kun, N. P. Ostroumov, N. N. Pantusov, A, A. Semyonov, E. T. Smirnovlar to`plagan materiallar O`zbekiston (Turkiston)ning qadimiy yodgorliklarini hisobga olish, ta`riflash va tekshirish ilmiy muassasalari: Imperator arxeologiya komissiyasi, Rus arxeologiya jamiyatining SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy Osyyo tarixiy, arxeologiya, lingvistika va etnografiya jamiyatlarining qimmatbaho materiallari hamda rus havaskor kollektsiyachilari: Barshchevskiy, Vyatkin, Dobrosmislov, Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslovskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalar to`plagan ko`pdan-Ko`p ajoyib materiallar bu muzeyning asosiy fondlarini tashkil etadi. Muzeyini tashkil qilishda A. P. Fedchenko faol ishtirok etgan. U tabiiyot antropologiya va etnografiyaga oid materiallar to`plagan. Bu materiallar dastlabki eksponat sifatida muzeyga qo`yilgan. Fedchenko vafotidan so`ng bu ishga N. A. Severtsev, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin kabi mashhur rus olimlari katta hissa qo`shdilar. Birinchi mahalliy arxeolog Akrom polvon Asqarovning xizmatlari ham kattadir. Akrom polvon Asqarov o`zi to`plagan juda ko`p ajoyib yodgorliklar (faqat tanga-chaqalardan 15 mingdan ko`prog`ini mana shu muzeyga topshirgan) muzey fondini ancha boyitgan. Umuman, bu muzeyning ochilishi va uning faoliyati o`lkaning madaniy hayotida muhim voqea bo`ldi. Muzey eksponatlari xalqaro ko`rgazmalarda namoyish qilindi, unda tuzilgan kataloglar esa hozircha o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin