Asrimizning boshlarida, ya`ni 20- yillardan keyin bu muzey haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga bo`lib qoldi. Muzey jamoasi O`zbekiston xalqlarining qadim zamonlardan buyongi tarixini o`rganish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqda. Muzey fondi respublikaning hamma viloyatlariga yuborib turiladigan arxeologiya, etnografiya ilmiy safarlarining materiallari bilan doimiy ravishda boyitilmoqda. Hozirgi vaqtda muzeyda 40 mingdan ortiq arxeologiyaga oid eksponatlar, 44 ming qadimgi pul nusxalari, 10 mingdan ortiq turli-tuman etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noyob yodgorlik buyumlar mavjud. Muzey fondidagi materiallar orasida qo`shni respublikalar — Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistonga taalluqli ma`lumotlar ham ko`p. Muzeyda asosan materiallarning asl nusxalari, shuningdek, maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, chizmalar, diagrammalar, rasmlar qo`yilgan. eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. 1917 yildan keyingi davr xronologik ravishda 1965 yilgacha ko`rsatilgan. Muzey 1967 yilda XIX asrning me`morchilik yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga ko`chdi. Bu binoda 1919 yilda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Turkiston ishlari bo`yicha komissiyasi (Turkkomissiya) ishlagan edi. Bu binoda 45 ta zal bo`lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashtirilgan.