Muzey turlari Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo`lib, birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy hamda ta`lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (masalan, O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o`quv turidagi" muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir. SHuningdek, turli fan sohalariga bo`lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma`lum bo`lganlari yoki faqat o`sha sohd mutaxassislarigagina ravshan bo`lgan ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkentdagi M. T. Oybek nomli O`zbekiston tarixi muzeyini, Tasviriy san`at muzeyini Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeyini ko`pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, regional, san`atshunoslik, texnik muzeylarni ko`proq o`sha soha mutaxasisslari biladilar. Bulardan tashqari yana Toshkentda murakkab va kompleks sohali muzeylar xam mavjud. Toshkentdagi mavjud muzeylar o`zbek va boshqa qardosh xalqlar tomonidan tashkil etilgan turli-tuman sohalarning uzoq o`tmishdan to hozirgi kunga qadar bo`lgan rivojlanishini ko`rsatish bilan bir qatorda, O`rta Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o`zbek xalqining ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm davridagi hamda 1917 yilgacha bo`lgan davrdagi hayot yo`lini aks ettiruvchi eksponatlar bilan birga to`ntarishdan keyingi Turkistonda Sho`rolar hokimiyatining o`rnatilishiga doir, fukarolar urushi xalq xo`jaligini qayta tiklash, mamlakatda elektrlashtirish rejasining amalga oshirilishiga doir materiallar ham muzey eksponatlari ichida joy olgan.