Muzey zallarida Muzey zallari tomoshabinlarni O`zbekiston tarixi muzeyi ekspozitsiyasida bo`lgan moddiy madaniyat yodgorliklari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Muzey fondlari asosan to`rt katta davrga bo`lingan bo`lib, ular quyidagicha nomlangan: «Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davri», «Feodalizm davri», «Turkiston chor Rossiyasi tarkibida» va nihoyat to`rtinchi bo`lim «O`zbekiston tarixining 1917 — 1990 yillardagi davri» deb nomlanadi. Ibtidoiy jamoa va tsuldorlik tuzumi davri deb nomlangan birinchi bo`lim ibtidoiy jamoa odamlarining yashagan makonlariga ta`rif berish bilan boshlanadi.Ibtidoiy odamlar chaylalarda, g`orlarda yashaganlar. 1938 yilda Boysuntovning Teshiktosh g`orida (Surxondaryo viloyati) qadimiy tosh davri (must’e davri)da odam yashaganligi aniqlandi.

G`orning ichi keng, balandligi 21 metrcha keladi. G`or ichida gulxan qoldiqlari, toshdan yasalgan mehnat qurollari, yovvoyi qush va hayvonlar — ayiq, kiyik, tog` echkisining suyaklari topildiki, bu hol Teshiktoshda yashagan odamlar ovchilik bilan kun kechirganliklaridan dalolat beradi. YUqoridagi ta`rifga binoan Teshiktosh g`ori (maketi) qo`yilgan. Teshiktosh g`oridagi chuqurda 8 — 9 yashar bolaning skeleti topilgan. Qabr atrofida tog` echkisining shoxlari yotgan ekan. Mashhur antropolog-haykaltarosh M. M. Gerasimov suyak tuzilishlariga qarab bolaning haykalini yaratdi. Bolaning bosh suyagi juda siqiq, peshanasi yaydoq, past, qosh-qovog`i osilib turadi. CHaynash muskullari baquvvat, iyagi tekis. Bosh suyagining holati va bukchaygan qomati o`sha vaqt odamining xali qaddini rostlab yurishga odatlanmaganidan dalolat beradi. U o`z qiyofasi bilan Evropada yashagan neandertal’ turidagi odamlarga juda o`xshaydi. Qadimgi odamlarning tirikchiligi asosan ovchilik va yig`uvchilik bilan kechgan. O`lar tog` echkisi, yovvoyi ot, ayiq,qoplonlarni ov qilishgan. Ov ko`p odam ishtirokini talab qilganidan ibtidoiy odamlarni jipslashtirgan. YAralangan yirtqich h.ayvon bilan olishuvda ko`pincha odamlar halok bo`lganlar. O`ljani birga baham ko`rganlar, ortig`ini ehtiyot qilib qo`yganlar. Ayollar yig`uvchilik — meva-cheva terish, ildiz kovlash bilan shug`ullanganlar, mehnat qurollari tayyorlaganlar. «Ibtidoiy odam sinantrop ovda. eramizdan 600 — 400 ming yil ilgari» deb nomlangan maket xuddi jonliday qilib ishlangan. T. Sodiqov tomonidan chizilgan «Malika TO`maris qasos olmoqda» nomli suratga quyidagicha ta`rif berilgan: miloddan oldingi VI asrda O`rta Osiyoga forslar hujum qilganlar.