2. Raqobatdan qo'rqmaslik. Bu tovardan bozorga bor deb xavotirlanmaslik kerak. Raqiblarga qarshi uchta kuchli vosita (qurol) bor: sifat, narx, reklama. Ulardan ustalik bilan foydalanish raqobatbardoshlikni ta'minlaydi.
Sifat - bu faqatgina yaxshi tovar emas, balki iste'mol xossalar majmuyidir. Xaridorni oddiy tovar emas, balki shu tovar yordamida o'z muammosini hal qilish qiziqtiradi. Uni tovardan ko'radigan naf qiziqtiradi va ana shu naf uchun pul to'laydi.
Biznes reja tuzish. Ishlab chiqarilishi mo'ljallangan rnahsulot, uning xomashyo, materiallar va moliyaviy ta'minoti, tannarxi, iste'molchilari va reklamasi, ishlab chiqaruvchi xodimlar, ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqarish masalalari aniq rejalashtirilishi kerak.
Narxni pasaytirishdan qo'rqmay, uni ko'tarishdan qo'rqish. Mahsulotni oz miqdorda qimmatroq sotishdan, ko'p miqdorda xaridorga ma'qul narxda sotish ko'proq foyda keltiradi.
Mahsulotni reklama qilish. Xaridorni mahsulot bilan tanishtiradigan asosiy vosita reklama hisoblanadi. Reklama vositalaridan unumli foydalanish, mahsulot to'g'risidagi ma'lumotlarni qisqa va aniq ifodalash hamda xaridorlarga yetkazishni bilish zarur.
7. Kredit olish mumkin bo'lsa, uni olishdan qo'rqmaslik, Ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilsa, kreditning qaytarilishi aniq.
8. Odamlarga xayrixohlik. Tadbirkor ham hamma kabi odam. Unga eng ma'qul odam qanday bo'lsa, u ham shunday bo'lishga harakat qilishi kerak. Odamlardan birdaniga ko'p narsani talab qilmaslik kerak.
9. Hamma tuxumlarni bir savatda saqlamaslik. Biznes tilida bu - faqat birgina ish bilan shug'ullanib qolmay, asta-sekinlik bilan boshqa ishlarni ham o'zlashtirib borish, biri omadsizlikka uchrasa, boshqalari omadli bo'lishi mumkin degan gap.
10. Asosiy kapital tadbirkorning o'zi hisoblanadi. Bu kapitalni sutkada 24 soat samarali ishlashiga erishish lozim. Ichmaslik va chekmaslik kerak, chunki bu odamni holdan toydiradi.
1.2 TADBIRKORLIK SHAKLLARI VA ULARNING TASNIFI
Tadbirkorlik shakllarini tasniflash va tahlil qilishda qo'yilgan maqsadga muvofiq turlicha yondashish mumkin. Amaliyotda tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari keng tarqalgan va ko'proq qo'llaniladi. Shuning uchun ham buyerda tadbirkorlikning tashkily- huquqiy shakllari tahlil predmeti sifatida olindi.
Tadbirkorlikning tashkiliy shakli deganda tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning tarkibiy qismlari va elementlari, ular o'rtasidagi aloqalar va munosabatlarning barqaror bir holati, ya'ni tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasi tushiniladi. Tadbirkorlikning huquqiy shakli deganda esa tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning yuridik ko'rinishi bo'lib, yuridik belgilarining o'ziga xos muayyan bir tartibda ifodalanish usuli, ya'ni tadbirkorlikning yuridik tuzilmasi tushiniladi. Tadbirkorlikning tashkiliy va huquqiy shakllari o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, ular bir-birini taqozo etadi, to'ldiradi va amaliyotda birgalikda qo'llaniladi. Demak, ular birgalikda yaxlit bir tizimni aks ettiradilar.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini tabaqalash va tasniflash, bir tomondan ularni birlashtiradigan umumiy, ikkinchi tomondan esa, ularni bir-biridan ajratib turadigan muhim tashkiliy va yuridik belgilari (xususiyatlari)ga asoslanishi lozim. Umumiylik darajada tadbirkorlikning quyidagi to'rt umumiy tashkiliy-huquqiy shakllarini ajratish mumkin:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
xususiy tadbirkorlik;
jamoa tadbirklorligi;
qo'shma tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni tadbirkorlikning boshqa shakllaridan ajratib turadigan rnuhim belgilari uning yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasligi, tadbirkorning shaxsiy mehnatiga asoslanishi, oddiy tashkiliy tuzilishi va boshqaruvi hisoblanadi.
Xususiy tadbirkorlikning o'ziga xos muhim belgilari uning mulkdori ham, tashkil etuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yagona jismoniy shaxs bo'lishi, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lib, yuridik shaxs ko'rinishida tashkil etilishi, yollanma mehnatdan foydalanishidir. Jamoa tadbirkorligida mulkdorlar va ishtirokchilar ko'proq bo'lib, ular jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo'lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi. Qo'shma tadbirkorlik bir necha davlat fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari (kompaniyalari, firmalari) tomonidan kiritiladigan qo'shma mulk, foydani taqsimlash va boshqaruvda qatnashish bo'yicha kelishuvga asoslanadi, unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarining quyi darajalardagi ko'rinishlari uning mos ravishda xususiy, ayrim, alohida shakllari bo'lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarining iyerarxik va tashkiliy yaxlit tizimi 1-chizmada aks ettirilgan, batafsil tavsifi esa keyingi mavzuda berilgan.
Tadbirkorlik bir qator turlarda va shakllarda tashkil etiladi. rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi. Tadbirkorlik turi o'z elementlari, ularning aloqalari va munosabatlarini mujassamlashtirgan xossalari va xususiyatlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlik yo'nalishidir. Tadbirkorlik turlari sifatida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan va ega bo'lmagan tadbirkorlik, tijorat va notijorat tadbirkorligi, ilmiy-texnikaviy, tovar ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmatlar ko'rsatish va savdo-sotiq tadbirkorligi, kichik, o'rta va yirik tadbirkorlikni ajratish mumkin. Tadbirkorlik turlarining har biri turli shakllarga ega bo'lishi mumkin.
Tadbirkorlik shakli - bu tadbirkorlikning (alohida turining) yaxlit holda tashqi ifodalanishi va strukturasi, elementlari aloqalari va munosabatlarining barqaror muayyanligi tipidir. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, qo'shma tadbirkorlik kiradi. Mazkur shakllarning har biri o'z turlariga ega, bular esa o'z ko'rinishlariga (variantlariga) ega. Shuni ta'kidlash lozimki, tadbirkorlik turlari va shakllari bir necha darajalarda aniqlanadi, tahlil darajasi o'zgarishi bilan ularning o'rni va roli, mavqeyi o'zgarishi mumkin, ya'ni bir-biriga o'tib turishi mumkin. Shuning uchun tadbirkorlik turlari va shakllari harakatchan murakkab hodisadir. Uni tushinish osonroq bo’lishi uchun tadbirkorlik turlarining va tadbirkorlik shakllarining alohida-alohida chizmalari tuzilgan va keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |