Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm



Yüklə 290,35 Kb.
səhifə1/11
tarix23.10.2023
ölçüsü290,35 Kb.
#159990
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ismoilova Lola 1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM” FAKULTETI

SHARQ MAMALAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart sharoitlari

Bajardi: 2-kurs Koreyashunoslik fakulteti Ismoilova Lola


Ilmiy rahbari:
Topshirgan sanasi:
Himoya qilgan sanasi:
Baho:
Toshkent-2021

Mundarija
KIRISH………………………………………………………………...3
I-BOB Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning klassifikatsiyasi……..5
1.1-Tadbirkorlikning asosiy belgilari va tamoyillari……………………11
1.2-Tadbirkorlik shakillari va ularning tasnifi………………………….16
II-BOB Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash zaruriyati va yo’nalishlari …24
2.1 O'zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash dasturlari va ularni amalga oshirish………………………………………………………………….27
2.2 Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida jahon tajribasi…………30
Xulosa……………………………….………………………………….33
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….35
Internet saytlari va axborot portallari………………………………..36


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bugungi kunda dolzarbligi sababli ushbu mavzu tanlandi. Ushbu ish II bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati ochib berilgan. Uning rejalarida keltirilgan ma’lumotlar bobni to’liq ochib berilishiga harakat qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot taraqqiyotidagi o’rni, uning ahamiyati va zaruriyati haqida tegishli fikrlar yuritilgan. Bundan tashqari ikkinchi bobda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlariga qaratilgan bo’lib, mamlakatdagi shu sohaga tegishli bo’lgan huquqiy asoslar, muammolar va ularni hal etish choralari to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlarini ochib berish maqsadida bir kichik biznes sub’yekti misolida, uning moliyaviy holatlari ochib berilgan va tegishli takliflar kiritilgan.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.Tadbirkorlik tushunchasi o’zi nima! Bu hodisa va tushuncha bir qarashda juda oddiy, hammaga ravshandek tuyuladi. Haqiqatan esa, u juda murakkab, ko'p qirrali va buning ustiga, fundamental ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Tadbirkorlik ideologi hisoblangan Y.Shumpeter: tadbirkorlikni barcha turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xos hodisa bo'lib, ularning nafaqat tarkibiy qismi, balki iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, deb ta'kidlab o'tgan. Tadbirkorlik O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta'sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etishda shunday kuch ekanligini namoyon etmoqda va yetakchi sohaga aylanmoqda. Mamlakatda 2008- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 48,2 foizi, ish bilan band bo'lgan aholining 76 foizi, aholi daromadlarining 70 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to'g'ri keladi. 2010-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 50 - 52 foizga yetkazish ko'zda tutilgan. Lekin hali tadbirkorlikning barcha qirralari va funksional xossalari yetarli darajada o'rganilmagan va natijada uning imkoniyatlari to'liq safarbar etilmagan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi tad­birkorlik asoslari fani oldida ulkan vazifalar borligini o’rganish. Bunday vazifalani umumlashtirgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:



  1. nazariya sohasida: tadbirkorlik hodisasini kengroq va chuqqurroq tadqiq qilish, uning fundamental funksional xossalarini aniqlab, yaxlit nazariy modelini shakllantirish;

  2. uslubiyot sohasida: hozirda shakllangan va qo'llab kelinayotgan nazariy-amaliy tadqiqotlar uslubiyotini yangi va mavjud samarali usullar, yondashuvlar bilan boyitish va jiddiy takomillashtirish;



  1. amaliyot sohasida: yangi nazariy-uslubiy yondashuvlar bilan boyitilgan mukammal uslubiyot yordamida tadbirkorlik amaliyotini chuqurroq tahlil qilish va muammolarining samarali yechimlarini tavsiya etish;

  2. ma'rifiy sohada: talabalar, o'quvchilar, tadbirkorlar, mutaxassislami tadbirkorlik faoliyatini yuksak madaniy darajada tashkil etish va amalga oshirishni ta'minlaydigan bilimlar, ko'nikmalar, dunyoqarash bilan qurollantirish;

  3. targ'ibot sohasida: tadbirkorlikning insoniyat va jamiyat uchun ahamiyati va roli, jamiyatdagi yutuqlari va istiqbollari, ilg'or tajribasini ilmiy-amaliy targ'ibot qilish.

Tadbirkorlikning maqsadi va vazifasi quyidagilar aniqlangan: Tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va roli, belgilari va tamoyillari, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, insoniy, boshqarish, marketing, tahliliy asoslari to'g'risida bilimlar tizimini shakllantirish; O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash siyosati, amaliyoti, muammolari va istiqbollari to'g'risida tasavvur hosil qilish; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirishdir. Bu vazifani samarali amalga oshirish uchun ijodiy ishga yangi mavzular va paragraflar kiritilgan, materiallar mantiiqan ixchamroq shaklda va izchillikda keltirilgan, jadval va chizmamodellar keng qo'llanilgan, amaliyotdan misollar keltirilgan, har bir reja bo'yicha qisqacha xulosalar shakllantirilgan.
Kurs ish obyekti sifatida tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynashi olindi
Kurs ishning predmeti Tadbirkorlikda ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Kurs ishning tarkibi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishning birinchi bobida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning klassifikatsiyasi. Ikkinchi bobida Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash zaruriyati va yo’nalishlari



Yüklə 290,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin