2.2 TADBIRKORLIKNI QO'LLAB-QUVVATLASH BORASIDA JAHON TAJRIBASI
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Kichik biznesning rivojlanishiga iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xizmatlar ko'rsatish sohasining yuksalishi, bandlikning o'sishi, texnologik taraqqiyot va normal raqobat muhim omili sifatida qaraladi. Tadbirkorlik (biznes)ning rivojlanishini tartibga solib turish uchun ko'p mamlakatlarda maxsus organlar (xizmatlar) tashkil etilgan.
Amerika Qo'shma Shtatlarida Kongress tomonidan "Kichik biznes ma'muriyati" degan maxsus tashkilot tuzilgan. U xususiy sektorga ko'maklashish, uni moliyalash va kreditlash ishlarini juda yaxshi yo'lga qo'ygan. Kichik biznes ma'muriyati kichik biznesni qo'llab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan 45 milliard dollarlik budjetga ega. Bundan tashqari, tabiiy ofatlardan ziyon ko'rgan tadbirkorlar uchun mo'ljallangan 5 milliard dollarlik qo'shimcha mablag'i ham bor. Kichik biznes ma'muriyatining 90 dan ortiq mintaqaviy va hududiy bo'limlari tuzilgan. Ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug'iladigan har qanday muammoni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan. Kichik biznesga oid birinchi qonun 2000 qabul qilingan, undan so'ng esa yana ko'plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularning bajarilishini shu ma'muriyat qoshida tuzilgan Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura ma'muriyat kabi yuqori maqomga ega. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va faqat Prezident va Konressga hisobot beradi. Advokatura vakillari Kongress yig'ilishida kichik biznes manfaatlarini himoya qiladilar va xususiy sektorga ma'muriy bosim ko'rsatish holatlarini bartaraf etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes vakillari ham birday amal qiladilar. 2003- yilda kichik biznes ma'muriyati tomonidan xususiy sektorga 200 mln dollar yo'naltirilgan. Bunday xarajatlar o'zini oqlaydi. Chunki kichik biznes subyektlari va ularning foydasi qancha ko'p bo'lsa, budjetga shuncha ko'p mablag' tushadi. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar vakillarining fikricha tadbirkorlar oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va maslahatxonalar tashkil etilgan.
Yaponiyada XX asrning 40- yillarida mamlakat hukumati qoshida “Kichik va o'rta korxonalar boshqarmasi" tashkil etilgan. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashni milliy davlat markazlari kichik biznesni rivojlantirish umumdavlat dasturini bajarish yo'li bilan amalga oshiradilar. Shunday markazlardan 170 ta tuzilgan va faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, kichik korxonalarning raqobatbardoshligini yuqori darajada tutib turish uchun har bir prefekturada davlat texnologik dasturini amalga oshirishga javob beradigan davlat texnologik markazlari mavjud. Barcha markazlar faoliyatini Kichik va o'rta korxonalar boshqarmasi muvofiqlashtirib boradi. Yaponiyada kichik va o'rta korxonalarni qo'llab-quvvatlashda quyidagilar ishtirok etadilar:
- davlat;
- o'zini o'zi boshqarish hududiy organlari;
- moliyaviy tuzilmalar;
- o'quv yurtlari.
Davlat kichik va o'rta korxonalarni turli xil imtiyozlar va soliqlarni kamaytirishni moliyalashni, oliy maktab (tashqi savdo va sanoat vazirligi) ga qarashli o'quv yurtlarida boshqaruvchilar, sohiblar, ma'murlar stajirovkasini yo'lda qo'yish orqali qo'llab-quvvatlaydi.
Mintaqaviy madad o'zini o'zi boshqaruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta'minlashni, savdo va sanoatda rahbarlik qilish markazi yordamida savdo-sanoat palatasi hamda kichik va o'rta korxonalar uyushmasi Markaziy jamiyati mutaxassislarining bepul maslahatlarini yo'lga qo'yishni o'z ichiga oladi. Moliyaviy tuzilmalar ham kreditlashni, ham banklarda maslahat markazlarini tashkil etishni amalga oshiradilar. O'quv yurtlari kichik va o'rta biznes uchun kadrlar tayyorlab beradilar.
Ana shunday qo'llab-quvvatlash natijasida Yaponiyada kichik va o'rta korxonalar soni ko'payib bormoqda. Ularning ulushi hukumat buyurtmalarida 45 foizni. jamoat tashkilotlarining buyurtmalarida 32 foizni tashkil etadi. Sotilayotgan sanoat mahsulotlarining 55 foizi, ulgurji savdoning 60 foizi, chakana savdoning 80 foizi kichik va o'rta biznesga to'g'ri keladi. Sanoat korporatsiyalari mahsulotlarining qariyb 40 foizi kichik va o'rta yordamchi pudratchilar ishtirokida ishlab chiqariladi.
Buyuk Britaniyada hukumat tadbirkorlik faoliyatining umumiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ta'minlash yo'li bilan, shuningdek, bevosita qo’llab-quvvatlashning turli-tuman iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy- me'yoriy usullaridan foydalanib kichik biznesga ta'sir etadi.
Fransiyada kichik biznesni qo'llab-quvvatlash hukumat faoliyatining muhim bir yo'nalishi hisoblanadi. Kichik korxonalarni kerakli axborot bilan ta'minlash ularning tovarlarini o'tishiga ko'maklashish, kichik va o'rta firmalarning eksportga moyilligini rag'batlantirish, moliyaviy ko'mak bular kichik biznesni qo'llab-quvvatlash yo'llaridir. Lekin frantsuz mutaxassislarining fikricha baribir kichik biznesni rivojlantirishning yaxlit siyosatini ishlab chiqish, milliy va mahalliy darajadagi xatti-harakatlami muvofiqlashtirish talab qilinadi.
Koreya Respublikasida kichik biznesga ko'maklashish siyosatini butun tashkilotlar tizimi amalga oshiradi. Bu masalalarning barchasini kichik biznesga doir maxsus qonun tartibga soladi. Bu qonun davlat muassasalari - kichik biznesga ko'maklashish organlarini tuzishni ko'zda tutadi. Lekin u yerda kichik biznesga ko'maklashish ishlari shunday tashkil etilganki, kichik korxona chetdan aniq yordam kutmay o'zi oyoqqa turib olish "immunitetini", o'sish va rivojlanish xususiyatlarini o'zi ishlab chiqadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, jahonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlamaydigan mamlakatlar ham bor. Masalan, Avstraliyada davlat kichik tadbirkorlikni sira qo'llab-quvvatlamaydi. Natijada kichik korxonalar yirik firmalar bilan boiadigan raqobatda yutqazadilar. Ayrim mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Osiyodagi ba'zi mamlakatlar)da esa davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamma kichik korxonalarga taalluqli bo'lmaydi. Korxonalarning noqulay hududda joylashganligi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga qarab ularni qo'llab-quvvatlashga alohida- alohida yondashiladi.
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. O'zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar va maxsus davlat dasturi qabul qilingan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo'yicha ularning vazifalari belgilab berilgan, tadbirkorlik infratuzilmasi shakllantirilgan.
Tadbirkorlik infratuzilmasi - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirishga u yoki bu ko'rinishda aloqador bo'lgan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyidir. Uning asosiy vazifasi tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam ko'rsatish va ularning huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
O'zbekistonda barcha viloyatlarda biznes-inkubatorlar tuzilib, faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning asosiy vazifasi yangi tuzgan korxonalar rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarini osonlashtirish tadbirkorlarni o'qitish, tadbirkorlik subyektlarini tezroq rivojlanishi uchun shart- sharoit yaratish va ayrim resurslarni taqdim etish hisoblanadi.
Respublikada tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yaxlit tizimi shakllantirilgan va u tadbirkorlikni rivojlantirishga sezilarli hissa qo'shib kelmoqda. Shu bilan birga, bu tizimni yuz berayotgan o'zgarishlar va paydo bo’layotgan yangi talablarga muvofiq uzluksiz takomillashtirib borish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |