Xulosa
Xulosa qilib, shu fikrlarni keltirish mumkinki, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotning asosiy tayanchi bo’lib, uning rivojlantirilishi iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning ham rivojlanishiga olib keladi. Jahon tajribasiga tayangan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanib, uning ko’payishi va rivojlanishi mamlakatning yuksalishiga olib keladi.
Yuksak madaniy tadbirkorlik aniq bir missiyani bajarishga harakat qiladi va aniq falsafaga asoslanadi. Tadbirkorlik missiyasi - bu tadbirkor faoliyatining tamoyillari, mezonlari, me'yorlari, qoidalari, yo'nalishlarini belgilab beruvchi yuksak ijtimoiy-iqtisodiy maqsadidir. Tadbirkorlik falsafasi tadbirkorlik to'g'risidagi qoidalar, qarashlar, tasavvurlar yaxlit tizimi va uning asosida shakllantirilgan umumiy yondashuv hisoblanadi. Alohida tadbirkor falsafasi esa o'z ishiga madaniy, ma'naviy, ma'rifiy nuqtayi nazaridan yuksak mezonlar va andozalar (standartlar)ga muvofiq shakllantirilgan o'ziga xos yondashuvdir. O'zbekistonda ham bu narsalarga e'tibor qaratish vaqti keldi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan xususiy tadbirkorlik alohida o'rin egallaydi. U xususiy firma (korxona), fermer xo'jaligi va yuridik shaxs bo'lgan dehqon xo'jaligi ko'rinishlarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini xususiy korxonalar va fermer xo'jaliklari tashkil etadi va tadbirkorlik sektorida ularning roli kattadir. Bundan tashqari, jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida ham ular asosiy rol o'ynaydilar.
O'zbekistonda kichik tadbirkorlik ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Kichik tadbirkorlik ishlovchilar soni cheklangan xo'jalik yurituvchi yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar majmuyidir. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi kichik tadbirkorlikka tegishli. Uni qo'llab-quvvatlashga davlat ham alohida e'tibor bermoqda va natijada uning salohiyati ko'tarilib bormoqda.
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. O'zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar va maxsus davlat dasturi qabul qilingan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo'yicha ularning vazifalari belgilab berilgan, tadbirkorlik infratuzilmasi shakllantirilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida iqtisodiyotda bozor erkinligini, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kechadigan raqobatning sog’lomlashishini, narxlarning liberallashuvini, mahsulot sifatini oshishiga va aholining turmush darajasini yuksalishiga olib keladi. Bu esa o’z o’zidan O’zbekiston iqtisodiyotining kelajakdagi jahon hamjamiyatida egallaydigan o’rniga asos bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi. Shu munosabatlar bilan yurtimizda bir qator shu sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bulardan ko’zlangan asosiy maqsad davlat tayanchi bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar bo’yicha keng tarqalishini tarqalishga yo’l ochib berish. Buning natijasi o’laroq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar miqdori oxirgi o’n yil ichida 15,7 barobarga(2001-yil 171,5 mlrd. so’m, 2010-yilda esa 2700 mlrd. so’m) oshdi. Ushbu ishlar nafaqat 2011 yil uchun balki, bundan keyingi yillar uchun ham kerakli dasturlar tuzilgan bo’lib, hozirda amalga oshirilayotganligini ko’rish mumkin.
Shunday qilib, tadbirkorlik mamlakatda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi bandligi, daromadlari, farovonligini ta'minlash, mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda katta rol o'ynaydi va yetakchi o'rin egallaydi. Uning bunday roli va o'rni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti lokomotivi, yetakchisi maqomini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |