K Kalkulya- – mahsulotning o‘lchov birligini yoki bajarilgan ishning tannarxini
hisoblash usuli.
Kapital – (nem. Kapital–asosiy mulk. lat.capitalis–eng muhim, asosiy bosh)–
biror maqsadga yo‘naltirilishga mo‘ljallangan pul mablag‘i,
boshlang‘ich, doimiy, o‘zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi
turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona, firma
va boshqalarda ustav K. zaxira K. aksionerlik jamiyati K. kabi
turlari mavjud.
Kamomad – mol; pul va shu kabilarning tegishli miqdoridan kam chiqqan qismi.
Kassa – 1) pul, qimmatbaho qog‘ozlar saqlanadigan po‘lat sandiq, quti, shkaf;
2) muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish
va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi bo‘linmasi;
3) muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
Kvota – davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish,
ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarning joriy
etilishi. K. shartlarini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy
jihatdan jazolanadi. K. o‘rnatishdan maqsad bozordagi narx-navoni
tartibga solib turishdir.
Kliring – (ingl.clearing. clear–tozalash, ravshanlashtirish)–o‘zaro talab va
majburiyatlarni hisobga olib, amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-
kitob tizimi. Mamlakat ichidagi K. banklar o‘rtasidagi to‘lovlarni,
naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro hisob-
kitoblarda K. kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valuta K.) ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Davlatlararo o‘zaro qarzlarini tilla va valutaga
o‘tkazmasdan savdo-sotiq talablariga ko‘ra amalga oshiradilar.
Masalan, paxta tolasi o‘rniga uning qiymatiga teng miqdorda mashina,
asbob-uskuna olish.
Kompanion – biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo‘lgan kishi yoki tashkilot.