113
Og‘ir iqtisodiy ahvol bora-bora Turkiyani chet el davlatlarining
yarimmustamlakasiga aylantirdi. Yevropa davlatlari imperiyaning
mustamlakalarini tortib ola boshladilar. Faqat Germaniya impe-
riyadan ulush ololmagan davlat edi. Shuning uchun ham Turkiya
hukumati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya bilan
yaqinlashdi.
Germaniya kapitali katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. 1888-yili
bo‘lajak Bag‘dod temiryo‘li loyihasining Izmir — Anqara qismini
qurish ularga tegdi. 1903-yili nemislar bu loyihani (Bag‘dod orqali
Fors qo‘ltig‘igacha temiryo‘l qurish) to‘la qo‘lga kiritdi.
Turkiya 1875-yilda qarzlar uchun yiliga
570 mln. frankdan ortiq foiz to‘lashi lozim
edi. Davlatning daromadi esa 380 mln.
frankni tashkil etdi.
Turkiya qarzni to‘lash u yoqda tursin, ishlovchilarning ish
haqini to‘lashga ham qodir bo‘lmay qoldi. Oqibatda, xalq
ommasining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Shunday
sharoitda „Yangi usmonlilar harakati“ vujudga keldi. Bu harakat
a’zolari sulton hokimiyatini tugatish g‘oyasini ilgari surdilar.
Harakatning „Ibrat“ gazetasi ilg‘or demokratik g‘oyalar tar-
g‘ibotchisiga aylandi. Millatparvar ziyolilar, ilg‘or fikrli amaldorlar
va zobitlar ham bu harakatga qo‘shildilar.
Mamlakatda sulton hokimiyatini tugatish g‘oyasi shakllandi.
1876-yilda xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. Xalq qo‘zg‘oloni hukm-
ron tabaqalarni qo‘rqitib yubordi. Oqibatda, 1876-yilning 22-
mayida Abdulaziz, Shayx ul-Islom fatvosi bilan taxtdan tushirildi.
Bir qancha vaqtdan so‘ng taxtni Abdulhamid II egalladi.
1876-yil 23-dekabrda Turkiyada konstitutsiya e’lon qilindi. Unga
ko‘ra, mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. Quyi palata
Deputatlar palatasi deb, yuqori palata esa Senat deb ataldi.
Konstitutsiya sultonga katta vakolatlar berdi. Fuqarolarning juda
oz qismigina saylov huquqiga ega bo‘ldi.
Abdulhamid II davri Turkiya tarixida „zulm
davri“ nomini oldi. Sulton tez orada parla-
mentni tarqatib yubordi. Konstitutsiya ta-
rafdorlarini quvg‘in qildi. Ularning ko‘pi
o‘limga hukm qilindi. Mamlakat jaholat zulmatida qoldi. 1889-yili
Istanbulda harbiy-tibbiy bilim yurti kursantlari yashirin „Birlik va
taraqqiyot“ tashkilotini tuzdilar. Tashkilotning sho‘balari butun
Turkiyaga tarqaldi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartib o‘rnatish
Dostları ilə paylaş: