122
Buganda Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati
tarkibiga kiritildi.
Zanzibar arab sultonligi ham qul savdosiga qarshi kurash
bahonasi bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo‘lib
olindi. XIX asr oxirida Buyuk Britaniya Bunoro davlatini bosib
oldi.
XX asr boshlarida G‘arbiy Afrikaning Gambiya, Syerra-Leo-
ne, Oltin Qirg‘oq, Nigeriya, Senegal, Fransiya Gvineyasi, Fil
Suyagi Qirg‘og‘i, Dagomeya — Fransiyaning; Togo, Kamerun—
Germaniyaning; Gvineyaning bir qismi esa Portugaliyaning mus-
tamlakasi edi. Yevropa mustamlakachilari turli boshqaruv tizimlari
joriy qilishdi. Buyuk Britaniya mahalliy boshqaruv tizimlarini
saqlab, ularni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirdi. Fransiya esa o‘z mus-
tamlakalarida eski mahalliy boshqaruvni buzib tashlab, Fransiya-
ga mos bo‘lgan tartiblarni joriy etdi.
G‘arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda Gollandiya,
Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va
nihoyat AQSH manfaatlari to‘qnashdi. Belgiya qiroli Kongoni ilmiy
o‘rganish assotsiatsiyasini tuzib, uning soyasida ustalik bilan ish
olib bordi. Bora-bora u Belgiya mustamlakasiga aylandi. Kongoning
bir qismi Fransiyaga, yana bir qismi esa Portugaliyaga tegdi.
Janubiy Afrikada dunyoning eng yirik ol-
mos konlari mavjud edi. Ingliz olg‘ir (ud-
daburon) siyosatchisi Sesil Rods „De Rods“ kompaniyasini tuzib,
olmos konlarini o‘z qo‘liga kiritdi.
1887-yilda Transvaal oltin va mis konlari ochildi. Sesil bu kon-
larni ham egalladi. Uning tashabbusi bilan „Britaniya-Janubiy
Afrika imtiyozli kompaniyasi“ tuzildi. Kompaniya „Keyptaundan
Qohiragacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lishi kerak“, degan
ma’noda bosqinchilik harakatlariga ruxsat oldi. Tez orada, Shimo-
liy Rodeziyada ingliz protektorati o‘rnatildi. Buyuk Britaniya bur-
larga qarshi yangi urushga tayyorlandi. 1899-yilda ingliz — bur
urushi boshlandi. 1902-yili Bur Respublikalari (Transvaal va
Oranj) Britaniya mulklari tarkibiga qo‘shib olindi.
1910-yili Buyuk Britaniya mustamlaka hududlari bo‘lgan
Transvaal, Oranj, Natal, Kapni „Janubiy Afrika Ittifoqi“ nomi
ostida birlashtirdi.
Hind okeanining g‘arbida, Afrikaning ja-
nubi-sharqiy qirg‘og‘i yaqinida joylashgan
bu orol buyuk davlatlar mustamlaka siyosa-
tida alohida o‘rin tutdi.
Dostları ilə paylaş: