Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Mahdiylar qo‘zg‘oloni


119
1889-yil avgustda esa Buyuk Britaniya — Misr birlashgan
qo‘shinlari Sudan mahdiylari qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi va
Sudanning asosiy qismini bosib olishga erishdi.
1883-yil Tunisda Fransiya hukmronligi
o‘rnatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham
egallagan edi. Jazoirda XIX asr oxirida 300
mingdan ortiq fransuz yashardi. Hosildor
yerlar fransuzlar qo‘lida edi.
1905—1906-yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash
boshlandi. 1912-yilda „Yosh Jazoir“ partiyasi tuzildi. Bu partiya
sud ishlarida jazoirliklar uchun „mahalliy kodeks“ nomli kam-
situvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevro-
paliklarni tenglashtirish, xalq maorifini kengaytirish, arablar uchun
saylanadigan lavozimlarni ko‘paytirish kabi talablarni qo‘ydi.
Yevropa davlatlarining mustamlaka taqsimotida Fransiya Ma-
rokashga ham ega bo‘ldi. 1900-yili Italiya Fransiyaning Maro-
kashga nisbatan huquqlarini tan oldi. Buning evaziga Italiya Livi-
yaga daxldor huquqqa ega bo‘ldi.
Fransiya Marokashga qarshi urush ochish uchun bahona qi-
dirar edi. 1907-yilda Marokash shahrida fransuz shifokori o‘ldi-
rildi. Shu bahonada Fransiya zudlik bilan urush harakatlarini
boshlab yubordi. Qisqa vaqt ichida Fransiya Marokashning barcha
asosiy shaharlarini bosib oldi. Marokashning ba’zi hududlari esa
Ispaniyaga berildi.
Liviya uzoq vaqt Turkiya mustamlakasi bo‘lib keldi. 1911-yil
29-sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi boshladi. Turkiya
tayinli javob chorasi ko‘rolmadi. Oqibatda, 1911-yil 5-noyabr
kuni Liviya Italiya mulki deb e’lon qilindi.
Ansorlar
(arabcha — yordamchilar, safdoshlar) — Muhammad
(s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. (Ular 622-yilda
Makkadan Madinaga ko‘chib borgan musulmon muhojirlarga va
Rasulullohga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan
Madinaning avs va hazraj qabilalarining a’zolari bo‘lganlar.)
Mahdiy
(arabcha — Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklov-
chi) — Islomda oxirzamon bo‘lganida kelib, yerda adolat o‘rna-
tadi, deb ishoniluvchi payg‘ambar.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin