Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

 
1909-yil 13-aprel
isyoni
Ichki va tashqi
ahvol


115
1911-yilda Italiya Liviyani bosib olgach, Buyuk Britaniyaga
xayrxoh „Hurriyat va birdamlik partiyasi“ „Yosh turklar“ huku-
matini noqobillikda aybladi. Ular 1912-yil 5-avgustda mamlakatda
davlat to‘ntarishi o‘tkazishdi.
Tez orada, Turkiyaning tashqi ahvoli yanada yomonlashdi.
1- va 2- Bolqon urushlarida Turkiya Bolqondagi ta’siridan deyarli
to‘la ajraldi. Bu hodisa „Hurriyat va birdamlik“ hukumatini og‘ir
ahvolga solib qo‘ydi.
Shunday sharoitda, „Yosh turklar“ rahbarlaridan biri Anvar-
bey boshchiligida 1913-yilning yanvarida isyon ko‘tarildi. „Hurriyat
va birdamlik“ hukumati ag‘darildi. Hokimiyat yana „Yosh turklar“
qo‘liga o‘tdi.
Hokimiyat 3 kishidan iborat „Uchlik“ deb atalgan guruh (An-
var, Tal’at va Jamol) qo‘liga o‘tdi. Uchlikka Anvar poshsho
rahbarlik qildi. „Uchlik“ Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini
davom ettirdi.
„Uchlik“ning Germaniya bilan yaqinlashishi Germaniyaning
Turkiya imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotganligi bilan izoh-
landi.
Germaniya panturk va panislom mafkuralarini o‘ziga shior qilib
olgan „Uchlik“ni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bu mafkura g‘oyalari
Antanta manfaatlariga zid edi.
Bundan tashqari, Germaniya Turkiya imperiyasining bo‘linishiga
qarshi chiqa boshladi. Bunday sharoitda Germaniya „Yosh turklar“
ko‘z o‘ngida Turkiyaning yagona „himoyachisi“ga aylandi. Endi
Germaniya Turkiyani ittifoq shartnomasi tuzishga unday boshladi.
Va nihoyat, 1914-yilning 2-avgustida maxfiy suratda ittifoq shart-
nomasi tuzildi. Bu shartnomani imzolash bilan Turkiya hukmron
doiralari imperiyani halokatga mahkum etdilar.
Panislomizm
— XIX asr oxirida butun musulmon olamini
mustamlakachilarga qarshi kurashda birlashtirish to‘g‘risidagi
harakatga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek,
sobiq Ittifoq tomonidan berilgan sun’iy nom.
Panturkizm 
— turkiy xalqlarni birlashtirish g‘oyasiga Rossiya va
Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittifoq tomo-
nidan berilgan rasmiy nom.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin