Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Somali va Efiopiya
Gerero va namalar
Zuluslar


124
larini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, u 1905-yilgi jangda
halok bo‘ldi. Uning o‘limidan keyin ham namalar kurashni yana
ikki yil davom ettirdilar. Lekin, zamonaviy nemis texnikasi ustunligi
o‘z kuchini ko‘rsatdi. Germaniya bosqinchilari 200000 dan ortiq
namalardan 140 mingini qirib tashladilar. Germaniyaga qarshi Shar-
qiy Afrikaning janubi va markazida (Tanganika) 1905-yilda ozodlik
uchun boshlangan qo‘zg‘olon ikki yildan ortiq davom etdi. Nemis
qo‘shinlari 120 ming afrikalikni qirib tashlab, qo‘zg‘olonni bos-
tirdilar. Bu hududda necha asrlardan buyon yashab kelgan katta-
katta qabilalar tamomila yo‘q bo‘lib ketdi.
Savol va topshiriqlar
1. Janubiy Afrika nega buyuk davlatlar manfaatlarining to‘qnashuviga
sabab bo‘lgan?
2. G‘arbiy Afrikada qaysi buyuk davlatlar manfaatlari to‘qnashgan?
3. Sharqiy Afrika qaysi buyuk davlatlar o‘rtasida taqsimlab olindi?
4. Buyuk Britaniya va Bur Respublikalari o‘rtasidagi urush qanday
natija bilan tugagan? So‘zlab bering.
5. Gerero va namalar kimlar edi?
Chavandozlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli o‘q-dori, qurol.
Aslo ikki qilmang sardorning so‘zin,
Tunda yo‘l bosing-u, tongda o‘q uzing.
G‘aflatda qoldiring dushmanni har kez,
Lekin chekinmoqni o‘ylamang hargiz.
Dunyoda bo‘lmagan, bo‘lmaydi hech ham,
G‘alaba ta’midin shirinroq bir ta’m.
Xendrik Vitboy
•
1914 — 1918- YILLARDAGI
 BIRINCHI JAHON URUSHI
VII
bob
Birinchi jahon urushining
boshlanishi va borishi
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki
harbiy-siyosiy guruh o‘rtasida bo‘lingan
dunyoni qayta bo‘lib olish uchun boshlan-
gan kurash edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o‘z yovuz maq-
sadlari yo‘lida ma’naviy tubanlikka ketib, boylik orttirish uchun

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin