125
millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog‘ladilar. 1914-yilning
28-iyulida serbiyalik millatchi G. Prinsið
tomonidan Sarayevoda
Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans Ferdinand o‘ldirildi.
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar
qo‘yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat
birgina talabiga, ya’ni suiqasd yuzasidan o‘tkaziladigan
tergov
ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga
rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga
urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga
javoban 29-iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.
Bundan Germaniya hukmron doiralari 1-avgustda
Rossiyaga,
3-avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e’lon qilish
uchun bahona sifatida foydalandi. Ayni paytda, Germaniya
Belgiyaning
betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi.
Belgiyaning betarafligi to‘g‘risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar
Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914-yilda Germaniya hukumati
bu hujjatni surbetlik bilan „bir parcha qog‘oz“ deb atadi.
Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Buyuk Britaniya
Belgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4- avgust
kuni Germaniyaga
urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushi shu tarzda boshlanib
ketdi. 15-avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mus-
tamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad
javobini olgach, 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush
e’lon qildi. Germaniya 1914-yilning
oktabr oyida Usmonli turklar
imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o‘z tarafida turib urushda
qatnashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va
Falastinda,
Bolqon yarimorolida, shuningdek, Germaniyaning
Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi.
Germaniya qo‘shini generali fon Shliffen
yashin tezligida g‘alabaga
erishish rejasini
tuzib chiqqan edi. Rejaga ko‘ra, Germaniya
qo‘shini betaraf Belgiya hududi orqali
Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya-Fransiya chegarasida to‘p-
langan Fransiya
armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor
etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo‘lishiga erishishi kerak
edi. So‘ngra, qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish
mo‘ljallangan edi.
3-avgustda shiddat bilan hujumga o‘tgan Germaniya qo‘shini
yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi.
Fransiyaning taslim
bo‘lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo‘lsa-da,
Parijdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: