127
Natijada, Buyuk Britaniya harbiy
dengiz flotiga katta talafot
yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok
bo‘ldi va yaralandi.
Sharqiy front 1915-yilda asosiy urush ha-
rakatlari maydoniga aylandi.
Germaniya va
Avstriya-Vengriya o‘z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Ros-
siyaga tashlashga qaror qildi. Ittifoqchilarning qo‘shinlari 1915-
yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (G‘arbiy Uk-
raina) boshladilar. Natijada, 1915-yilning
bahori va yozida rus
qo‘shini qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo‘ldi. Rus
qo‘shini mislsiz darajada talafot ko‘rdi.
Chunonchi, 850 ming
soldat va zobit halok bo‘ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi.
Rus qo‘shini qattiq qarshilik ko‘rsatsa-da, kuchlar noteng
bo‘lgan
janglar natijasida Polshani, Boltiqbo‘yi, G‘arbiy Belorus
va G‘arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur
bo‘ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga „buyuk
cheki-
nish“ nomi bilan kirdi.
Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyat-
lardan ruhlangan Germaniya G‘arbiy front-
dagi ahvolini ham o‘zgartirib
olmoqchi
bo‘ldi. Bu o‘rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta
umid bog‘ladi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har
qanday suvusti kemalarini ham cho‘ktirib yuborish niyatida edi.
Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915-yilning 7-may kuni Ger-
maniya suvosti kemalari Buyuk Britaniyaning „Luzitaniya“ deb
ataluvchi ulkan yo‘lovchilar tashish kemasini cho‘ktirib yubordi.
Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo‘lovchi (shu jumladan, 126
nafar AQSH fuqarosi) bor edi.
Yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari,
Germaniya floti tomonidan yuzlab yuk kemalari yo‘q qilib tashlandi.
Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U
1915-yilning 25-aprelida Iðr jangida urushlar tarixida birinchi ma-
rotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida
15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq,
bu qurol
ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta qo‘shini tez orada
gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta’minlandi.
Italiya rasman „Uchlar ittifoqi“ning a’zosi
bo‘lsa-da, uning maqsadi urushda kim-
ning qo‘li baland
kelishiga amalda ishonch
Dostları ilə paylaş: