123
1883-yili Fransiya Madagaskarga urush e’lon qildi. 1885-yili
bu urush tomonlar uchun noteng bitim bilan yakunlandi. Fran-
siya Madagaskar ustidan protektorat o‘rnatdi
va uning tashqi
siyosatini nazorat qiladigan bo‘ldi. 1896-yilda esa Fransiya Mada-
gaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi.
Buyuk Britaniya zuluslarni bo‘ysundirish
uchun shafqatsiz urush olib bordi. Zulus-
lar hukmdori Ketchvayo 1879-yilda uch to‘qnashuv davomida
inglizlarning 20 ming kishilik qo‘shinini yakson qilib tashladi.
Lekin, oxir-oqibatda Buyuk Britaniya to‘plar
yordamida ustun
keldi va Zululend yerlarini egallab, uni 13 ta mayda hokimlikka
bo‘lib tashladi. Zululend hokimliklarini o‘zaro urushtirib, o‘z
foydasiga ish ko‘rish inglizlar hukmdorlariga
xos xususiyatga
aylandi.
Efiopiya va Somali 1869-yili Suvaysh ka-
nali ochilishi tufayli alohida savdo-iqtiso-
diy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Bu hol mustam-
lakachilarni befarq qoldirmadi.
Bundan sal oldin, 1867-yili inglizlar
Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho („negus“ deb atalgan)
Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi. Turli
dinlar o‘rtasida nizo tufayli Feodor II ga qarshi bo‘lgan ruho-
niylardan foydalanib, inglizlar habash qo‘shinlarini
tor-mor qi-
lishdi. Feodor II o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Hokimiyat tepasiga ingliz-
parast kuchlar o‘tqazildi. Biroq, inglizlar Efiopiya xalqining qattiq
qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
1889—1913-yillarda Qizil dengiz bo‘yi va Somali yarimoroli Buyuk
Britaniya,
Fransiya, Italiya o‘rtasida taqsimlab olindi.
Efiopiyada Italiya o‘z mustamlaka rejalarini yuzaga chiqarishga
urindi. Biroq, bunga erisha olmadi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saq-
lab qoldi.
Janubiy Afrikaning shimoli-g‘arbiy qismi
1883-yildan boshlab Germaniya tomoni-
dan bosib olina boshlandi. Mahalliy gottentot
va gerero qabilalari
rezervatsiyalarga quvildi. Qolganlari nemis mustamlakachilariga qul
bo‘lib qoldi. 1904-yil barcha gerero qabilalari ozodlik uchun Samuil
Magarero boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon boshla-
dilar. Biroq, bu noteng kurashda qo‘zg‘olonchilar tor-mor etildi.
Gererolardan tirik qolganlari
mamlakat shimoliga qochib, jon
saqlashga majbur bo‘ldi.
Nama qabilalari ham qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Namalarning
qo‘zg‘oloniga Xendrik Vitboy boshchilik qildi. Vitboy nama qabila-
Dostları ilə paylaş: