131
Urush boshlangan vaqtda AQSH betaraflik
e’lon qilgan edi. Biroq, AQSH birinchi
jahon urushining
borishini diqqat bilan
kuzatib bordi. Ayni paytda, urushuvchi guruhlarning birortasi to‘la
g‘alaba qozonishini istamadi. U Yevropaning bir-biriga dushman
bo‘lgan davlatlar guruhiga bo‘linganicha qolishini istar edi.
Urushning misli ko‘rilmagan darajada
katta harbiy harajatlar
talab qilishi va uzoqqa cho‘zilishi sharoitida AQSH juda katta mo-
liyaviy manfaat ko‘rishi aniq edi. Bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni
istamagan AQSH Antantaga yordam ko‘rsata boshladi.
Xususan, birgina 1915-yilda AQSH
Buyuk Britaniya va Fransiya
bilan 500 mln. dollar miqdorida qarz berish haqidagi shartnomani
imzoladi. Asta-sekin Yevropadagi 20 davlatning AQSHdan qarzi
10 mlrd. dollarni tashkil etdi.
1917-yilning 3-fevralidan boshlab
Germaniya Buyuk Britaniyaga
qarshi cheklanmagan suvosti urushi e’lon qilganligi va bu urushning,
ayni paytda, AQSH manfaatlariga ham katta zarar yetkazganligi
AQSH hukmron doiralarini befarq qoldirmadi.
Qulay fursatdan foydalangan AQSH hukumati 6-aprel kuni
Germaniyaga urush e’lon qildi. AQSH
harbiy kuchlarining dast-
labki qismlari 26-iyunda Fransiya hududiga tashlandi. Bir yildan
so‘ng G‘arbiy frontda jang qilayotgan AQSH qo‘shinlarining soni
2 mln. kishini tashkil etdi. AQSHning urushga kirishi urush taq-
dirini Antanta foydasiga hal etish yo‘lida katta omil bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar
1. Germaniya Verden jangidan qanday maqsadni ko‘zlagan edi?
2. A.A. Brusilovning Galitsiya fronti chizig‘ini yorib o‘tishi qanday
ahamiyatga ega bo‘ldi?
3. Somma daryosi bo‘yidagi jangning ahamiyati haqida nimalarni
bilib oldingiz?
Dostları ilə paylaş: