132
bo‘ysundirildi. Chunonchi, og‘ir sanoatning 70% i, yengil sanoat-
ning esa 50% i urush ehtiyojlarini qondirish uchun ishladi. Urush,
ayni paytda, qishloq xo‘jaligini ham og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamaydi.
Deyarli barcha davlatlardà oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi.
Natijada, hukumatlar oziq-ovqat mahsulotlariga
kartochka tartibi
(qat’iy belgilangan me’yor) joriy etdilar.
Aholi o‘rtasida shovinizm zo‘r berib targ‘ib etila boshlandi. Shu
tariqa, urush parlament demokratiyasiga qattiq zarba berdi.
Butun urush davomida bironta ham parlament qonli qirg‘inga
qarshi norozilik bildirmadi.
Endi davlat ishlab chiqarishni tartibga sola boshladi. Banklar,
xomashyo taqsimoti va harbiy buyurtmalar ustidan davlat hoki-
miyatining nazorati kuchaydi.
Urushdan charchagan aholi urushning tezroq tugatilishini talab
etib hukumatga qarshi bosh ko‘tara boshladi.
Shu tariqa, urushning
dastlabki yillarida jamiyatda qaror toptirilgan fuqarolik birligi buzildi.
Ba’zi frontlarda askarlarning birodarlashuvi,
dushman tomonlarning
bir-biriga o‘q otmasligi yuz berdi. Chunki, qo‘shin ham urushdan
charchagan edi.
Urush Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy
ahvolini haddan
tashqari keskinlashtirib
yubordi. Buning oqibatida, 1917-yilning fevral oyida Rossiyada
inqilob yuz berdi. Rossiya imperatori
taxtdan voz kechishga majbur
bo‘ldi. Hokimiyat burjuaziya qo‘liga o‘tdi. U muvaqqat hukumat
tuzdi.
Muvaqqat hukumat urushni davom ettirishga qaror qildi va
hatto shu yilning yozida u rus qo‘shinining
hujumini ham uyush-
tirdi. Biroq, bu hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Bu muvaffaqiyatsizlik Rossiyadagi busiz ham o‘ta murakkab
bo‘lgan siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirib yubordi. Natija-
da, 1917-yilning 7-noyabrida davlat to‘ntarishi yuz berdi. Muvaq-
qat hukumat ag‘darildi. Hokimiyatni V.I.
Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar (kommunistlar) partiyasi bosib oldi va u Sovet huku-
mati deb atalgan hukumat tuzdi.
1917-yilning 8-noyabr kuni Sovet davlati „Sulh to‘g‘risida“gi
dekretni qabul qildi.
Sulh to‘g‘risidagi dekretda bosqinchilik urushi keskin qoralangan
va u insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’lon qilingan edi.
Sovet hukumati har qanday sharoitda
ham separat sulh tuzishga
intildi. Chunki, qo‘shin jangovar ruhini to‘la yo‘qotgan va Sharqiy
Dostları ilə paylaş: