135
Dekre
t
(lotincha—qaror) — oliy
hokimiyat boshqaruv organi
chiqargan va qonun kuchiga ega bo‘lgan qaror.
Reparatsiya
(lotincha—tiklash) — xalqaro huquqda urushda ko‘rilgan
zararni to‘la yoki qisman qoplash uchun yengilgan davlat tomonidan
g‘olib davlatga to‘lanadigan tovon.
Separatizm
(lotincha—ajrataman) — ajralib chiqishga intilish. Shu-
ningdek, Xalqaro huquqda ittifoqchi
davlatlarning biri tomonidan
ittifoqchilar ruxsatisiz va ular bilan kelishmay turib, urushayotgan
dushman davlat bilan tuzilgan bitim.
Sulh
— urush harakatlarini to‘xtatish uchun tuzilgan bitim.
Xalqaro
shartnomalarning bir turi.
Savol va topshiriqlar
1. Urushning urushayotgan davlatlar ichki ahvoliga ko‘rsatgan ta’siri
haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Sovet hukumatining „Sulh to‘g‘risida“gi
dekreti mazmuni haqida
so‘zlab bering.
3. Sovet Rossiyasi qay tariqa urushdan chiqdi?
4. Nima uchun Brest tinchlik shartnomasining shartlari juda og‘ir
bo‘lsa-da, Sovet hukumati uni imzolagan?
5. „To‘rtlar ittifoqi“ tarkibidagi davlatlarning birin-ketin taslim
bo‘lish jarayoni haqida so‘zlab bering.
6. Urushda nega German bloki yengilganligi to‘g‘risida referat tayyorlang.
Bu hujjatli material mazmuni haqida mulohaza yuriting:
AQSH prezidenti V. Vilsonning 1916- yil iyul oyida so‘zlagan
nutqidan:
„Biz dunyoda katta rol o‘ynashimiz mumkin.
Siz bir faktning
ahamiyatini e’tiborga olayotibsizmi, oxirgi
bir yoki ikki yil ichida
biz qarzdor davlatdan qarz beruvchi davlatga aylandik. Jahondagi
ortiqcha oltinning shu qadar ko‘p qismi bizning qo‘limizdaki,
ilgari hech qachon bunchalik oltinga ega bo‘lmaganmiz.
Shu vaqtdan
boshlab bizning ishimiz qarz berish,
katta xalqaro korxonalarga
yordamlashish va ular ishini ilgari siljitishdan iborat bo‘lib qoldi.
Bizning butun jahonni talaygina miqdorda mablag‘ bilan ta’min-
lashimizga va uni o‘z bilganimizcha va xohlaganimizcha boshqara
olishimizga to‘g‘ri kelmoqda“.