133
front chok-chokidan so‘kilib ketgan sharoitda
urushni davom et-
tirish to‘la halokat bilan barobar edi.
1917-yilning 15- dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germa-
niya qo‘mondonligi o‘rtasida yarashish bitimi imzolandi. Bunday
bitim 9-dekabr kuni Ruminiya bilan ham imzolangan edi.
Shunday
qilib, Sharqiy front harakatsiz qotib qoldi.
1917-yilning aprel oyida Antantaning
G‘arbiy frontdagi qurolli kuchlari hujumga
o‘tdi. Germaniya mudofaa chizig‘ini yorib
o‘tishga muvaffaq bo‘linmadi.
Aksincha, bu janglar oqibatida katta
qurbonlar berildi. Bu qurbonlar Fransiya qurolli kuchlarining
bosh qo‘mondoni Nivel nomi bilan „Nivel qirg‘ini“
deb nom
oldi.
1917-yilda Italiya qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buyuk
Britaniya va Fransiyaning shoshilinch ravishda yordam kuchlarini
Italiya frontiga tashlashigina Italiyani saqlab qoldi. 1917-yilning noyabr
oyida ingliz qo‘shinining hujumini qaytarishda
Germaniya yana bir
yangi qurol—ognemyotni qo‘lladi.
Mesopotamiya va Falastin frontlarida ingliz qo‘shinining hara-
katlari kuchaydi. 1917-yilning mart oyida inglizlar Bag‘dod shahrini
egalladilar. Kuzga kelib, Turkiya Arabiston yarimorolini to‘la,
Falastinning esa bir qismini boy berdi.
Sovet Rossiyasi 1918-yilning 3-mart kuni
„To‘rtlar ittifoqi“
bilan ularning shartlari
asosida Brest tinchlik shartnomasini imzo-
ladi. Shartnomaning shartlari Rossiya uchun juda og‘ir edi. Shart-
nomaga ko‘ra, Rossiya o‘z qo‘shinini to‘la
demobilizatsiya qilishi,
harbiy flotini portlarga qaytarishi lozim edi. Shuningdek,
Rossiya
Boltiqbo‘yi, Polsha, Finlandiya va Ukrainadan voz kechar edi.
Ukraina
va Finlandiya mustaqil davlatlar deb tan olindi. Kavkazdagi Kars,
Ardagan va Batumi Turkiyaga berildi. Bundan tashqari, Rossiya
Germaniyaga 6 mlrd. marka miqdorida reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
AQSH prezidenti V. Vilson 1918-yilning
8-yanvarida I jahon urushidan so‘ng imzo-
lanadigan tinchlik shartnomasi va qayta
tuzilajak dunyo siyosiy xaritasi bo‘yicha AQSH hukumatining
nuqtayi nazarini dunyoga ma’lum qildi.
Bu nuqtayi nazar tarixga
„Vilson tinchlik dasturi“ nomi bilan kirgan.
Bu dastur keyinchalik g‘olib Antantaning mag‘lub „To‘rtlar
ittifoqi“ bilan imzolangan tinchlik shartnomalariga asos bo‘lib xizmat
qilgan.
Dostları ilə paylaş: