Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Buyuk chekinish
— rus armiyasining 1915-yil bahor va yozida
og‘ir talafotlar bilan chekinishi.
„To‘rtlar ittifoqi“
— 1915-yil 15-sentabrda Bolgariyaning Germa-
niya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo‘shilishi natijasida
vujudga kelgan ittifoq.
Yaponiyaning Uzoq
Sharq va Tinch
okeandagi harakatlari







129
Savol va topshiriqlar
1. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari haqida ni-
malarni bilib oldingiz?
2. Urush qay tariqa boshlanib ketdi?
3. Germaniyaning yashin tezligida g‘alabaga erishish rejasi qay
tariqa barbod bo‘ldi?
4. Nega Italiya „Uchlar Ittifoqi“ shartnomasidan chiqib ketdi?
5. Yevropadagi urush harakatlaridan Yaponiya qay tariqa foydalanib
qoldi?
Buyuk Britaniya davlat arbobi Lloyd Jorjning quyidagi so‘zlariga
sharh bering:
„Tarix o‘zining xudbinlarcha qaysarligi bilan quroldosh rus
o‘rtoqlarini halokatga duchor etgan Fransiya va Buyuk Brita-
niyaning harbiy qo‘mondonligidan javob talab qiladi. Holbuki,
ular ruslarni osongina qutqarishi mumkin edi“.
1916—1917-yillardagi
urush harakatlari
Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-
mor eta olmagach, yana asosiy e’tiborni G‘ar-
biy frontga qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad—Fransiya taqdirini
uzil-kesil hal etish edi. Shuning uchun Germaniya Fransiyaning
Verden qal’asiga hujum uyushtirdi. Chunki, bu qal’a Parijning
yo‘lini to‘sib turar edi. Germaniya qo‘shinining hujumi 1916-
yilning 21-fevralida boshlandi va 21-martgacha davom etdi. Nemis
piyoda askarlari hujumga ko‘tarilganda fransuzlar kutilmaganda ular-
ni to‘plardan qattiq o‘qqa tutdilar.
Nemis qo‘shini atigi 7 km oldinga siljiy oldi. Germaniya
qo‘shinining Verden yo‘nalishidagi harbiy harakatlari shiddatini
yanada kamaytirish maqsadida Fransiya bosh qo‘mondonligi
nemislarning Somma daryosi bo‘ylab o‘tgan mudofaa chizig‘ini
yorib o‘tishga qaror qildi. Fransuz va ingliz qo‘shini 1-iyulda Som-
ma daryosi bo‘yida hujumga o‘tdilar. Bu qonli jang 18-noyabrga-
cha davom etdi.
Bu jangda inglizlar urushlar tarixida birinchi bor yana bir
yangi qurol — tankni ishga soldilar. Po‘latdan yasalgan bu dahshatli
qurol dushman qo‘shinini dastlab qattiq sarosimaga solib qo‘ydi.
1916-yilning 21-dekabridan boshlab nemis qo‘shini mudofaaga
o‘tishga majbur bo‘ldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin