Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

G‘arbiy frontdagi
ahvol
Italiyaning urushga
kirishi
„Buyuk chekinish“


128
hosil qilish hamda qaysi tomon Italiyaga urushdan so‘ng ko‘p o‘lja
va’da qilishini kutib turish edi.
Antanta Italiyaga u so‘ragan hududlarning barchasini berishga
rozi bo‘ldi. 1915-yilning 26- aprelida Antanta bilan Italiya o‘rtasida
Londonda shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Italiya bir oy
o‘tgach o‘zining sobiq ittifoqdoshlariga qarshi urushga kirishi zarur
edi. Bu majburiyat Buyuk Britaniyaning Italiyaga 50 mln. funt
sterling hajmda qarz berishi bilan mustahkamlandi.
3-may kuni Italiya hukumati „Uchlar ittifoqi“ to‘g‘risidagi
shartnomadan chiqqanligini bildirdi. 23- may kuni esa Avstriya-
Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. Italiyaning Antanta tomoniga
og‘dirilishi Germaniya diðlomatiyasining katta mag‘lubiyati edi.
Yevropada borayotgan urush harakatlari
Uzoq Sharq va Tinch okeandagi Yapo-
niyaning harbiy harakatlari uchun qulay
sharoit tug‘dirdi. U 1915-yilning 18-yan-
varida Xitoy hukumati oldiga Shandun viloyatini Germaniya ta’sir
doirasidan Yaponiya ta’sir doirasiga o‘tkazish; Sharqiy Ichki Mo‘-
g‘iliston va Janubiy Manjuriyada Yaponiyaning mavqeyini yanada
mustahkamlashga imkon berish; Port-Artur, Janubiy Manjuriya va
Andun-Mukden temiryo‘llarining ijara muddatini yana 99 yilga
uzaytirish; Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy
Ichki Mo‘g‘ilistonda yer maydonlariga ega bo‘lish kabi talablarni
qo‘ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQSHning aralashuvi mum-
kinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy oldiga
qo‘ygan qator talablaridan voz kechdi.
8-may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini
qabul qildi.
Rossiya qo‘shinining 1915-yilgi buyuk chekinishi Bolgariyani
kimning tarafida urushga kirishi masalasini hal etdi.
1915-yilning 6-sentabr kuni Avstriya-Vengriya va Bolgariya,
15-sentabr kuni esa Bolgariya va Turkiya o‘rtasida ittifoqchilik shart-
nomalari imzolandi. Shu tariqa „To‘rtlar ittifoqi“ vujudga keldi.
14-oktabr kuni Bolgariya, Germaniya, Avstriya-Vengriya qo‘-
shinlari Serbiyaga hujum qildilar. Shu tariqa, Serbiya bosib olindi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin