139
XIX asrning oxirlaridan e’tiboran,
dunyoni
qayta taqsimlash uchun kurash boshlani-
shi munosabati bilan harbiy soha va iqtisod o‘rtasida bog‘lanish
chuqurlashdi. Mashinalashtirilgan industriya bir qancha juda mu-
him harbiy-texnika yangiliklarini amalga oshirish imkonini berdi.
Bu davrga kelib barcha mamlakatlarda
dala armiyasi va dala ar-
tilleriyasi soni to‘xtovsiz o‘sa boshladi, bu hol piyoda va artilleriya
qo‘shinlari uchun qurol-yarog‘ ishlab
chiqarishning son va sifat
jihatidan tez o‘sishiga sabab bo‘ldi.
O‘sha davrda magazinli (o‘qdonli) tezotar miltiq ixtiro qilindi.
Ammo tutunli porox ishlatilishi bu miltiqning jangovar sifatlarini
kamaytirar edi. Magazinli miltiqdan tez-tez otish vaqtida tutun
tarqalishiga
ulgura olmay, otuvchilarga nishon yaxshi ko‘rinmas
edi. Shunday qilib, harbiy ish amaliyoti tutunsiz porox kashf
etish vazifasini qo‘ydi.
1884-yilda
fransuz olimi Vyelye piroksilinli tutunsiz porox
tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Rossiyada D.I. Mendeleyev fran-
suzlardan mustaqil ravishda tutunsiz poroxning sirini topdi. Ko‘pgina
mamlakatlarda tutunsiz porox ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Miltiqning takomillashtirilishi va poroxning
yaxshilanishi bilan
birga, yaxshi qurollangan, ko‘p sonli qo‘shinlarning siquviga
qarshilik ko‘rsatuvchi jangovar armiyalar vujudga keldi.
Fransiyada tezotar ko‘chma to‘plarning,
shuningdek, par-
chalaydigan portlovchi moddalarning paydo bo‘lishi armiyaning
jangovar sifatini ko‘tardi.
Yangi portlovchi modda tayyorlash sohasida shvetsiyalik
muhandis
A. Nobel olamshumul kashfiyot qildi. 1888-yilda Nobel
dinamit yaratdi va ko‘p o‘tmay juda boyib ketdi.
Birinchi jahon urushi arafasiga kelib o‘qotar
qurollar va
artilleriya yanada takomillashdi. Stanokli pulemyot bilan bir qatorda
urush davomida ancha yengil qo‘l pulemyotlari ham yaratildi. O‘ta
uzoqqa otadigan to‘plar paydo bo‘ldi. Ichki-yonuv dvigateli
o‘rnatilgan,
zanjirli, zirhli artilleriya bilan qurollangan tank Somma
daryosi yonida 1916-yil 15-sentabrda jang sharoitida birinchi marta
inglizlar tomonidan ishlatildi. Tank dahshatli jang quroliga aylandi.
XX asr boshlarida soatiga 220 km
gacha tezlik bilan uchadigan,
uchish balandligi 7000 metrgacha, uchish uzoqligi esa 900 km
gacha bo‘lgan samolyotlar qurildi.
Shunday qilib, bu davr ilmiy-texnikaning jadal taraqqiyoti
bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: