142
Olimlar
atom moddaning eng mayda
zarrasi emasligiga ishonch hosil qila bor-
dilar. XX asr boshlarida birinchi mikro-
zarra — elektron kashf etildi. Ko‘p o‘t-
may radioaktiv elementlar parchalangan
vaqtda xuddi
ana shu elektronlar ajralib
chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Ingliz fizigi
E. Rezerford hamma atomlar og‘ir yadroga
ega ekanligini isbotladi.
U atomning
planetar modelini yasadi, bu modelda yad-
ro („quyosh“) atrofida elektronlar („pla-
netalar“) aylanar edi.
Daniyalik fizik
N. Bor tuzatish kiritdi,
ya’ni uning modelidagi elektronlar bir
orbitadan ikkinchisiga sakrab o‘tib,
bunda energiya porsiyasini
(kvant) chiqaradi. Bu klassik Nyuton fizikasi bilan tamomila ajralish
edi va klassik fizikaning qonunlari mikrodunyo uchun to‘g‘ri kelmay
qolganligini ko‘rsatardi.
Ayni vaqtda fazo bilan vaqtning o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi
ilmiy tasavvur ham o‘zgarib bordi. 1905-yilda nemis olimi
A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasining asosiy g‘oyalarini e’lon qildi.
Jismlarning kattaligi va vaqtning uzunligi nisbiydir, deb isbot qildi
u, fazo bilan vaqtning xususiyatlari moddiy obyektlarning hara-
katiga bog‘liqdir. Tezlik yorug‘lik tezligiga
yaqinlashib borganida
vaqtning kechishi sekinlashadi, jismlarning kattaligi qisqaradi.
Biologiyada ham tub siljishlar yuz bermoqda edi.
G. Men-
delning ba’zi irsiyat qonunlarini kashf etishi yangi fan—genetikaning
rivojlanishiga asos soldi. Shu davrda fikrlashning moddiy negizlarini
bilish sari dastlabki qadamlar qo‘yildi. Rus fiziologi
I.P. Pavlov
inson xatti-harakatining negizida bosh miya qobig‘ida
yuz beradigan
moddiy fiziologik jarayonlar yotishini isbotladi. Binobarin, fikrlash
jarayoni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida
xususiyatidir.
Organik sintez sohasida g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
V. Grinyar 1900-yili xilma-xil organik
moddalarni sintez qilish
usulini kashf etdi.
P.Grissning diazotlash reaksiyasini kashf etishi
azotli bo‘yoqlar deb atalgan bo‘yoqlarning katta bir sinfini hosil
qilishga imkon berdi.
Bo‘yoqlarni sintez qilish sohasidagi ishlar dorilar ishlab chi-
qarishning rivojlanishiga yordam berdi.
Kimyoviy jarayonlarni
tekshirishga termodinamikaning tatbiq etilishi natijasida, kimyoviy
Dostları ilə paylaş: