17
ning hukmronligini mustahkamlashga to‘siq bo‘lgan
Fransiyani
yengish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi.
Òomonlarga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos.
Òez orada bunday bahona ham topildi.
Ispaniya taxtiga kimni o‘tqazish masalasi
urushning
boshlanishi uchun bahona
bo‘ldi. Xo‘sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? O‘zining
bir vaqtlardagi qudratini yo‘qotgan Ispaniyada 1868-yilda inqilob
yuz berdi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur
bo‘ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaga
taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.
Biroq,
tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o‘rtasida Ispa-
niya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi.
Bunga Germaniyaning ham Ispaniya taxtiga o‘z nomzodini qo‘yishga
harakat qilgani sabab bo‘ldi. Fransiya hukumati Germaniyadan o‘z
nomzodidan voz kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm I bunga
rozi bo‘ldi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi,
Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod
ko‘rsatmasligini, hozir ko‘rsatgan nomzodidan taxt da’vosidan
butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi.
Imperator Fransiya
elchisiga bu masala xususida Berlinga qaytgach javob qaytarishini
ma’lum qildi.
Urushga shoshilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada
imperator va Fransiya elchisi o‘rtasidagi
suhbat tafsilotini atayin
buzib talqin etdi. Gazetadagi xabarga ko‘ra, go‘yo imperator
Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamagan va elchiga orqasini
o‘girib olgan (bu hodisa tarixga „Ems depeshasi“
nomi bilan
kirgan).
Bu xabarni Fransiya o‘z sha’ni uchun haqorat deb hisobladi.
1870-yil 17-iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush e’lon qildi.
Shu tariqa, Fransiya—Prussiya urushi boshlandi. Biroq, tez orada,
Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi,
Fransiya-
ning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma’lum bo‘lib
qoldi.
1870-yil 1-sentabr kuni tarkibida Napo-
leon III ham bo‘lgan Fransiya qo‘shini
Sedan qal’asi yonida qurshab olindi. Fransiya qo‘shini nemislarning
140 minglik qo‘shini orasidan qurshovni yorib o‘ta olmadi.
Noiloj
qolgan Napoleon III 2- sentabr kuni oq bayroq ko‘tarishga buyruq
2 — Jahon tarixi, 9- sinf
Dostları ilə paylaş: