24
Mahalliy kengashlarga o‘z rahbarlarini saylash huquqi berildi.
Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.
Mamlakatda respublikani mustahkamlash
tobora chuqur qaror topa bordi. 1876-yilgi
Senatga bo‘lgan saylovlarda respublikachilar qo‘li baland keldi.
Bungacha davlatni boshqargan monarxiya tarafdori bo‘lgan Mak-
Magon iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Mamlakatda ichki siyosiy
hayotning o‘ziga xos bir xususiyati — bu ko‘ppartiyaviylikning
qaror topganligi edi.
Ularning ichida radikallar, sotsialistlar va
respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi.
Fransiya siyosiy hayotida, ayni paytda,
demokratiyaga qarshi
kuchlar ta’siri ham o‘sib borayotgan edi. Chunonchi, mamlakatda
millatchilik, shovinizm g‘oyalari keng tarqala boshladi. Bu g‘oyalar
tarafdorlari qudratli qo‘shingina Elzas va Lotaringiyani qaytarib
olishi mumkinligiga ishonar edi. Fransiya
ichki siyosiy hayotida
anarxiyachilar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning
maqsadi — mavjud tuzumni ag‘darish edi. Bu maqsadga erishish
uchun anarxistlar kurashning terror usulini qo‘lladi. Ular
parlament binosiga bomba tashladi. Buning oqibatida 80 kishi
yarador bo‘ldi.
1894-yilda hatto mamlakat prezidenti Sadi Karno ham o‘ldirildi.
Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus
tomonidan Germaniyaga maxfiy ma’lumotlar
yetkazib beri-
layotganligini aniqladi.
Maxsus xizmat bu masalada Fransiya armiyasi Bosh shtabida
xizmat qiluvchi, yahudiy millatiga mansub kapitan A. Dreyfusdan
shubha qila boshladi. Òez
orada u josuslikda ayblanib, jinoiy
javobgarlikka tortildi. Aslida A. Dreyfus josus emas edi. Biroq, soxta
hujjatlar va soxta guvohlar yordamida uning „josus“ligi fosh etildi.
Harbiy sud uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.
Siyosiy reaksiya „Dreyfus ishi“dan mamlakatda demokratiyaga
qarshi tashviqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyat-
larni yanada avj oldirish uchun foydalandi.
Mamlakatda A. Dreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiy josus
fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi.
Ular haqiqiy josusni
fosh etish uchun tekshiruvni davom ettirdi. Va nihoyat, haqiqiy
josus aniqlandi. U bosh shtab mayori Estergazi bo‘lib chiqdi.
Biroq, Bosh shtab va u bilan mustahkam bog‘langan kuchlar
bu haqiqatni oshkor etishni o‘zlari
uchun katta sharmandalik deb
Dostları ilə paylaş: