Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Hokimiyat uchun
kurash
Uchinchi Respublika
Konstitutsiyasi


23
„Marselyeza“ qo‘shig‘i mamlakat madhiyasi etib belgilandi.
Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz
xalqining Milliy bayram kuni deb e’lon qilindi.
O‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan qator huquq
va erkinliklar e’lon qilindi. Xususan, matbuot va yig‘ilish o‘tka-
zish, siyosiy tashviqot bilan shug‘ullanish kabi erkinlik va huquq-
lar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi be-
rilmadi.
Parlament
(fr.) — saylov asosida tuziladigan qonun chiqaruvchi
oliy davlat organi.
Respublika
 (lot. jamiyat ishi) — fuqarolarning umumiy saylovi aso-
sida boshqariladigan davlat.
Monarxiya 
(yunoncha) — yakka hukmronlik.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday sabablarga ko‘ra XIX asr so‘nggi choragiga kelib Fran-
siya iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 4-o‘ringa tushib qoldi?
2. Nega hokimiyat uchun kurashda respublikachilar g‘alaba qo-
zondi?
3. Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi mazmuni haqida nima-
larni bilib oldingiz?
Fransiyaning ichki siyosati
Respublika hukumati ichki siyosatda bir
qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Chunonchi, 1881—1882-yilarda ta’lim
to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, maktab cherkovdan
ajratildi. Òa’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim
maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi.
Oliy pedagogik bilim yurtlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash yo‘l-
ga qo‘yildi. Majburiy ta’lim dasturida o‘g‘il bolalar uchun gimnastika
predmeti majburiy deb belgilandi. Bundan o‘smirlarni bo‘lajak harbiy
xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko‘zda tutilgan edi.
Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o‘quv yurtlarida ayol
o‘qituvchilar tayyorlana boshlandi. 1884-yilda kasaba uyushmalarining
erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul
qilindi. Ishchilar o‘z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdi. Bu
birjalar ishsizlar haqida, ularning turmushi haqida g‘amxo‘rlik qila
boshladi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin