Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Frankfurt sulh
shartnomasi
Iqtisodiy ahvol
5-§.












22
cheklanishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchidan, Fransiya tabiiy boyliklari
kam davlat edi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo‘lgan urush Fran-
siyaga juda katta moddiy talafot yetkazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd.
frank zarar ko‘rdi. Ayni paytda, Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon
to‘lashga majbur bo‘ldi. Òo‘rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning
beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab
chiqarishi o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Oltinchidan,
Fransiya chetga ko‘p kapital chiqarib yuborgan edi. Bu sarmoya-
dorlarga katta foyda keltirardi. Shuning uchun ham sarmoyadorlar
(kapitalistlar) o‘z sarmoyalarini (kapitallarini) mamlakat ishlab
chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga, albatta) chiqa-
rishni afzal ko‘rgan.
Prussiya bilan urush tugagach, hukmron
doiralar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash
kuchayib ketdi. Ularni shartli ravishda ikki
guruhga bo‘lish mumkin edi. Birinchisi — monarxiya tarafdorlari,
ikkinchisi — respublika tarafdorlari edi.
1873-yilda Germaniyaga tovon to‘lab bo‘lindi. Nihoyat, Ger-
maniya o‘z qo‘shinlarini Fransiyadan olib chiqib ketdi.
Respublikachilar mamlakat parlamentida (Milliy Majlis) ozchi-
likni tashkil etganlar. Biroq, Fransiya aholisining katta qismi monar-
xiyaga qarshi bo‘lganligi ularga madad bo‘lardi.
Milliy Majlisda ko‘pchilikni tashkil etgan monarxiyachilar o‘z
nomzodlarini ikki marta prezidentlikka saylagan bo‘lsalar-da,
monarxiyani tiklashga urinishi natijasiz tugadi. Keskin ichki siyosiy
kurashda oxir-oqibatda respublikachilar g‘alaba qozondi.
1875-yil Uchinchi Respublika Konstitutsi-
yasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, prezident-
lik lavozimi saqlab qolindi. Ayni paytda ikki
palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis)
tashkil etildi. Uning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi.
Parlament har ikki palatasining qo‘shma yig‘ilishi 7 yil mud-
datga mamlakat prezidentini saylar edi. Ijroiya hokimiyat prezi-
dentga va hukumatga tegishli edi. Prezident vazirlarni tayinlash,
respublika nomidan tashqi siyosat yuritish, shuningdek, urush
e’lon qilish va sulh tuzish, umumiy afv e’lon qilish kabi vakolat-
larga ega edi.
Hukumat a’zolarini prezident tayinlasa-da, ular parlament
oldida javobgar edi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin