30
Konstitutsiyaga muvofiq, imperiyaning
oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi
(Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konstitu-
tsiyada birlashgan
Germaniyada Prussiya ge-
gemonligi mustahkamlab qo‘yildi. Imperator
urush e’lon qilar, sulh tuzar, xalqaro mu-
nosabatlarda Imperiya nomidan ish ko‘rardi.
Ayni paytda, u imperiya
qurolli kuchlarining
bosh qo‘mondoni ham edi. Imperator o‘z
ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi
sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yubo-
rish yoki muddatini cho‘zish,
imperiya kans-
lerini tayinlash va ozod etish huquqlariga ega edi.
1871-yil konstitutsiyasiga binoan, imperator bir vaqtning o‘zida
Prussiya qiroli ham hisoblanardi.
Germaniyaning birinchi imperiya kansleri lavozimiga Otto fon
Bismark tayinlandi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo‘lib,
deyarli 20 yil davomida (1871 — 1890) mamlakat hukumatini
boshqardi. Bismark Germaniya tarixida „Temir kansler“
laqabi bilan
nom qoldirdi.
Reyxstag, konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, umumiy saylov hu-
quqi asosida besh yil muddatga saylanardi. Lekin amalda saylov
huquqi faqat nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tash-
qari, 25 yoshga to‘lgan erkaklargina
saylov huquqidan foydala-
nardi.
70—80-yillarda Germaniya iqtisodi gurki-
rab rivojlana boshladi. Uning sanoat mah-
sulotlari barcha qit’a davlatlari bozorlariga
kirib bordi. Xo‘sh, qanday omillar
Germaniya iqtisodining gur-
kirab rivojlanishiga sabab bo‘ldi?
Bosh omil — Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv
tufayli yagona ichki bozor vujudga keldi. Ya’ni bojxona to‘siqlari
olib tashlandi. Yagona pul, o‘lchov va og‘irlik birliklari joriy etildi.
Ikkinchi omil — Fransiyaning talanishi bo‘ldi. Fransiya 3 yil
ichida 5 mlrd. frank tovon to‘lashga majbur etildi. Undan tortib
olingan va temir rudasiga boy Lotaringiya bilan Saar toshko‘mir
koni birgalikda Germaniya og‘ir sanoati
rivojida muhim ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajriba-
laridan muvaffaqiyatli foydalandi. Ishlab chiqarishga eng ilg‘or
Dostları ilə paylaş: