Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Ichki siyosat
~
~
~
~
~


33
ta’siri o‘sib borayotgan edi. Chunonchi, 1877-yilgi parlament say-
lovida bu partiya 12 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi.
1878-yilda sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun („Sotsial-
demokratlarning xavfli intilishlariga qarshi qonun“ deb atalgan)
qabul qilindi. Uning qabul qilinishiga imperator Vilgelm I ga nis-
batan ikki bor uyushtirilgan suiqasd bahona bo‘ldi. Bu suiqasdni
sotsialistlar uyushtirmagan edi. Shunday bo‘lsa-da, Bismark ularni
jamoat tartibini buzuvchilar deb hisoblardi. Bu qonun partiya
faoliyatini amalda taqiqlab qo‘ydi. Qonun 2,5 yil muddatga qabul
qilingan bo‘lsa-da, u 12 yil davomida amal qildi.
Bismark hukumati faqat ta’qiblar bilan mamlakatda siyosiy
barqarorlikni ta’minlab bo‘lmasligini yaxshi tushunardi. U ishchi-
larga oid qonunlar ham qabul qilish lozim deb hisobladi va bunga
erishdi.
Chunonchi, bular ishchilar kasal bo‘lganida, shikastlanganda,
qarilik chog‘ida va mehnat qobiliyatini yo‘qotganda sug‘urta olish
to‘g‘risidagi qonunlar edi.
1888-yilda Vilgelm I vafot etdi. Taxtni 28 yoshli Vilgelm II
(1888—1918) egalladi. Undan har qanday xatti-harakatni kutish
mumkin edi. U hokimiyatni hech kim bilan, hatto Bismark bilan
ham bo‘lishishni istamadi va yakka hukmronlikka intildi.
1889-yilda Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonun-
ga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi. Biroq, Reyxstag buni rad
etdi. Imperator ham Bismarkni qo‘llab-quvvatlamadi. Bismark buni
o‘z sha’niga haqorat deb qabul qildi va 1890-yilda iste’fo berdi.
Yangi hukumat favqulodda qonunni bekor qildi.
GSDP ochiq holatda ishlash sharoitiga o‘tdi. Partiya mehnat-
kashlar manfaatini himoya qilish siyosatini davom ettirdi. U eng
kuchli va ommaviy partiyalardan biriga aylandi. Natijada, 1891-
yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi. 13 yoshdan
kichik bo‘lgan bolalar mehnati taqiqlandi. Xotin-qizlar uchun 11
soatlik ish kuni joriy qilindi.
Qishloq xo‘jaligida barcha haydaladigan
yerlarning 25% ga yaqini yunkerlar (katta
yer egalari) qo‘lida to‘plangan edi. Yunkerlar
xo‘jalik yuritishda yollanma mehnatdan foydalanishga o‘tdilar. Ayni
paytda, qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun yaratilgan texnikalardan
unumli foydalanishga alohida e’tibor berildi. Keng miqyosda mineral
o‘g‘itlardan foydalanishga o‘tildi.
Bular, o‘z navbatida, mehnat unumdorligining oshishini, hosil-
dorlikning ortishini ta’minladi.
3 — Jahon tarixi, 9- sinf

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin