Shartli belgilar


„Huquqshunoslik“ darsligingizdan fuqarolik jamiyati qanday jamiyat ekanligi haqidagi ma’lumotlarni toping. 4



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

3. „Huquqshunoslik“ darsligingizdan fuqarolik jamiyati qanday
jamiyat ekanligi haqidagi ma’lumotlarni toping.
4. XIX asrning so‘nggi choragiga kelganda Buyuk Britaniyaning iqtisodiy
taraqqiyotda yetakchilik mavqeyini yo‘qotganligi sabablarini izohlab
bering.







42
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
Buyuk Britaniya ichki siyosatidagi keskin
muammolardan biri — Irlandiya muammosi
edi. Irlandiyaning ijaraga yer olib kun ko‘ruvchi dehqonlari niho-
yatda muhtojlikda yashardilar. Chunki, yerlarni Britaniya lendlordlari
o‘zlariniki qilib olgan edilar. Ko‘pchilik irlandiyaliklar tirikchilik
ko‘yida Amerikaga ko‘chib ketdilar. Ochlik, o‘lim va ko‘chib ketish
natijasida aholi soni kamayib ketdi.
1875-yilda Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik
protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi
haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qildi. Shuningdek, u
ijaraning qat’iy bo‘lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga
olingan yerning qo‘ldan qo‘lga erkin o‘tishini ko‘zda tutuvchi agrar
islohotni amalga oshirishni talab qilgan hamjamiyat — Irland
muxolifat guruhini o‘z atrofiga birlashtirdi.
Parnell rahbarlik qilgan muxolifat 70-yillar oxirida nufuzli kuchga
aylandi. Irland dehqonlarining „Yer-suv ligasi“ nomli ommaviy
tashkiloti shu muxolifat tayanchi bo‘ldi. Ijarachilarning yerdan
haydalishiga javoban „Yer-suv ligasi“ Irlandiyadagi katta yer egalariga
qarshi ommaviy terror boshlab yubordi. Ayni paytda, Britaniya
tovarlariga boykot kuchaydi.
Buyuk Britaniya hukumati 1881-yilda irlandlarga gomrul o‘rniga
„Yer-suv akti“ni taklif qildi. Unda 15 yil muhlatga ijara miqdorini
adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o‘z yer maydonini boshqa
bir shaxsga o‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko‘zda
tutilgan edi.
Irland „Yer-suv ligasi“ bu tartibga qarshi chiqdi va boykotni
kuchaytirib, britaniyalik pomeshiklarni qo‘rqitish kompaniyasini
boshlab yubordi va gomrulni talab qildi. Bunga javoban, hukumat
ta’qibni kuchaytirdi. Parnell qamoqqa olindi. „Yer-suv ligasi“ ta-
qiqlab qo‘yildi.
Buyuk Britaniya hukumatining bu xatti-harakatlari yonib turgan
olovga yog‘ quyish bo‘ldi, xolos. Irland dehqonlari Parnellning
da’vati bilan britaniyalik lendlordlarga ijara haqi to‘lashdan bosh
tortdilar. Òaqiqlangan „Yer-suv ligasi“ o‘rniga „Xotin-qizlar yer
ligasi“ tuzildi. U bilan bir qatorda, „Oy yog‘dusi bahodirlari“,
„Oq o‘g‘lonlar“, „Yengilmas botirlar“ kabi millatchi jangovar
irland tashkilotlari paydo bo‘ldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin