43
Irlandiyada ochiqdan ochiq fuqarolar urushi xavfi kuchaydi.
Shundan keyin Buyuk Britaniya hukumati Parnell va uning
tarafdorlariga kelishishni taklif qildi. 1881-yilda Parnell bilan tuzil-
gan
bitimga muvofiq, irland ijarachi dehqonlari ijara haqi to‘lashni
davom ettirishlari va boykotni to‘xtatishlari, katta yer egalari esa
ijarachilarning qarzini kechib yuborishlari lozim edi.
Biroq, Parnell tutgan kelishuvchilik yo‘li Irlandiyadagi mayda
terrorchi guruhlarni faollashtirib yubordi.
Chunonchi, 1882-yilda
Dublinda Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-
hokimi o‘ldirildi. Britaniya tomonidan ta’qib va politsiya terrori
boshlandi.
Bunga javoban, irland qishlog‘ida yangi terrorchilik to‘l-
qini ko‘tarildi.
Oxir-oqibatda, 1886-yilda hukumat gomrul berishga qaror qildi.
Biroq, parlament uni rad etdi.
Shunday sharoitda Irlandiya burjuaziyasining bir qismi Irlan-
diyaga muxtoriyat berilishi talabi bilan chiqdi. Irlandiya bur-
juaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko‘zlovchi
qismi esa
Irlandiyaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan
birmuncha keskin talabni o‘rtaga tashladi.
Ushbu guruhning rahbari A. Griffit 1905-yili „Shinfeyn“ („Biz
o‘zimiz“) partiyasini tuzdi. U Irlandiya mustaqil parlamenti tuzish
tashviqotini olib bora boshladi. Britaniya
tovarlarini boykot qilish
yanada kuchaydi.
Hukumat 1912-yilda parlamentga yana gomrul haqidagi qonun
loyihasini taqdim etishga majbur bo‘ldi. Biroq, parlament yana uni
tasdiqlamadi.
Natijada, Irlandiyada siyosiy ahvol nihoyatda kes-
kinlashdi.
Biroq, 1914-yilda boshlanib ketgan jahon urushi parlamentni
gomrul haqidagi qonunni tasdiqlashga majbur etdi. Chunki, urush
davrida ichki siyosiy barqarorlik havodek zarur edi.
1911-yilda
Buyuk Britaniyada parlament
islohoti to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu
qonun parlamentning yuqori palatasi –
Lordlar palatasining veto huquqlarini chekladi.
Chunonchi, endi parlamentning quyi — Jamoa palatasi bir
qonun loyihasini 3 marta ma’qullasa, u Lordlar palatasi tomonidan
tasdiqlanmasa ham qonun kuchiga ega bo‘ladigan bo‘ldi.
Lordlar
palatasi moliya masalalarini ham hal etishdan chetlatib qo‘yildi.
Parlamentning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi. Deputatlarga
maosh joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: