51
kurash olib borishiga bahona bo‘ldi. Janubda „Ku-kluks-klan“
singari irqiy-terrorchi tashkilot yana bosh ko‘tardi. Òaraqqiyparvar
ziyoli xodimlardan o‘ch olish va „Linch sudlari“ yana oddiy
hodisaga aylandi. Janub qora tanli aholi uchun „turma“ bo‘lib
qoldi. Prezident saylovlari oldidan faqat ikki janubiy shtat (Janu-
biy Karolina va Luiziana shtatlari) respublikachilar qo‘li ostida
qoldi, xolos.
AQSHda kuchli prezidentlik respublikasi
qaror topdi. Ayni paytda, kuchli ikki
partiyaviy tizim ham chuqur ildiz otdi.
1828-yilda tashkil topgan Demokratik partiya fuqarolar urushi
vaqtida „yegan“ zarbalaridan o‘zini tez „o‘nglab olib“, yirik yer
egalari, boy fermerlar, Janub burjuaziyasi va Shimol sanoatchilari,
moliyachilar manfaatini himoya qiluvchi partiya bo‘lib qoldi. 1854-
yilda tashkil topgan Respublikachilar partiyasi yirik sanoatchilar va
moliyachilar partiyasiga aylandi.
Har ikkala partiya ham mayda fermerlarga va shaharlardagi may-
da burjuaziyaga, ishchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun kurash
olib bordi. Lekin, ishlab chiqarish yanada o‘sib, ijtimoiy harakat
rivojlanib borgan sari bu partiyalar o‘rtasidagi farq asta-sekin
yo‘qolib bordi.
Amerika burjuaziyasi ikki partiyali tizimdan ustalik bilan
foydalanib keldi. Agar hokimiyat tepasida respublikachilar turgan
bo‘lsa, demokratlar hukumatni tanqid etar, o‘zlarini esa xalq
manfaatlarini himoya qiluvchilar qilib ko‘rsatib, norozilarning katta
qismini o‘z tomonlariga og‘dirib olardilar. Demokratlar g‘alaba qilgan
taqdirda muxolifatchi partiya rolini respublikachilar o‘ynardilar. Bu
omil amalda boshqa uchinchi partiya tuzilishiga jiddiy to‘siq bo‘lib
keldi.
Korporatsiya
(lotincha—birlashma) — monopolistik aksiyadorlar
birlashmasi.
Dostları ilə paylaş: