Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Buyuk Britaniya va
podsho Rossiyasi


47
etdi. Kongressda slavyan xalqlarining manfaatlariga zid qarorlar
qabul qilindi. Turkiya manfaatlari qattiq himoya etildi. Bu xizmat
evaziga Turkiya Buyuk Britaniya foydasiga Kiðr orolidan voz
kechdi.
Biroq, bora-bora Buyuk Britaniya podsho Rossiyasiga nisbatan
dushmanlik munosabatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bunga
Germaniya harbiy qudratining tobora o‘sib borayotganligi, uning
hatto Buyuk Britaniya mustamlakalariga ham da’vo qilayotganligi
sabab bo‘ldi. Eng ko‘p mustamlakali davlatlar bo‘lgan Buyuk
Britaniya va podsho Rossiyasi o‘z mustamlakalarini Germaniya
bilan baham ko‘rishni aslo istamas edilar. Endi, bu ikki davlat
umumiy dushman xavfiga qarshi turish uchun o‘zaro yaqinlashish
yo‘llarini izlay boshladi.
Buyuk Britaniya tabiiy qazilmalarga boy
Afrika qit’asida ham katta mustamlakalar
bosib olishga kirishdi. 1882-yilda Misrni
egalladi. Keyingi yillarda Nigeriya, Somali, Keniya, Ugandani zabt
etdi.
1899-yilda Afrikaga Gollandiya, Fransiya va Germaniyadan ko‘-
chib borgan kishilar avlodlari boshqarayotgan Bur Respublika-
lariga qarshi urush harakatlarini boshladi. 1902-yilda Bur
Respublikalari taslim bo‘ldi (Transvaal va Oranj Respublikalari).
Buyuk Britaniya Janubiy Afrikada bosib olgan barcha hudud-
larni yagona birlikka — Janubiy Afrika Ittifoqiga birlashtirdi.
Bozorlar va mustamlakalar uchun buyuk
davlatlar o‘rtasida raqobatning kuchayib
ketganligi Buyuk Britaniyaning xalqaro ah-
volini ancha yomonlashtirib bordi. Ayniqsa, Germaniya bilan Buyuk
Britaniya ziddiyatlari kuchaydi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya
Germaniyaga qarshi boshqa davlatlar bilan til topish yo‘lini izlashga
majbur bo‘ldi. 1901-yilda Panama kanali masalasida AQSHga yon
berdi. 1902-yilga kelib, Yaponiya bilan shartnoma imzoladi va unga
katta moliyaviy yordam ko‘rsatdi. 1904-yili Buyuk Britaniya bilan
Fransiya o‘rtasida shartnoma tuzilib, u Antanta nomini oldi. 1907-
yilda Buyuk Britaniya—Rossiya bitimi tuzildi.
Buyuk Britaniya hukumati, ayni paytda, o‘zga davlatlarning
ichki ishlariga ham aralashishni davom ettirdi. Chunonchi, Erondagi

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin