Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

T. Ruzvelt va
V. Vilsonlar davrida
ichki siyosat


55
Rezervatsiya
(lotincha — saqlayman) — biror davlatda tub joy
aholisining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajra-
tilgan hudud.
Segregatsiya 
(lotincha — bo‘lish) — ayrim davlatlarda aholini majbu-
ran irqiy guruhlarga bo‘lish.
Savol va topshiriqlar
1. AQSHda ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun kurashda oldila-
riga qanday maqsadni qo‘ygan edilar?
2. AQSH Mehnat Federatsiyasining ishchilar harakatida tutgan o‘rni
haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. AQSH hukumati qora tanli aholi masalasini qanday hal etdi?
4. Tub aholi — hindularga nisbatan qanday siyosat yuritildi?
5. Prezidentlar T. Ruzvelt va V. Vilsonlar ichki siyosatlarini bir-biri
bilan taqqoslang.
Nima uchun Fransiyada uch marta Respublika e’lon qilingan bir
sharoitda AQSHda bunday hodisa ro‘y bermagan?
AQSHning tashqi siyosati
Mamlakatning bepoyon hududlari va Ros-
siyadan sotib olingan Alaskani o‘zlash-
tirish bilan band bo‘lgan AQSH mustam-
lakalar va o‘z ta’sir doiralarini qo‘lga kiritishga Yevropa mam-
lakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e’tibori dastlab Lotin Ame-
rikasi, Karib havzasi va Òinch okean bo‘yida joylashgan mam-
lakatlarga qaratildi.
AQSH Lotin Amerikasida hukmron bo‘lib olish uchun kura-
shib, riyokorlik bilan „Hamma Amerika mamlakatlarining man-
faatlari bitta“, degan g‘oyani targ‘ib qilib keldi. 1889-yilda AQSH
Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Pan-
amerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika kon-
ferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro „Amerika respub-
likalari syezdi“ assotsiatsiyasini tuzishdan iborat bo‘ldi. AQSH
ning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukm-
ronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vu-
judga keldi. „Monro doktrinasi“ga tayanib, ko‘p o‘tmay Samoa
orollari qo‘lga kiritildi.
1898-yilda Tinch okeanning eng markazida, Osiyoga olib bo-
radigan strategik jihatdan muhim bo‘lgan dengiz yo‘llari kesishgan
joydagi Gavayi orollari bosib olindi.






Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin