Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Iqtisodiy taraqqiyot
14-§.
III
bob


49
chiqarishga keng joriy etilishiga yo‘l ochdi. Qo‘lida biror hunarning
yo‘qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylandi. Bu omillar ham
AQSHning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
XIX asrning oxirgi o‘ttiz yili AQSH tarixida taraqqiyotning
yuksakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bo‘lganligi
bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yil AQSH sanoat mahsuloti hajmi
jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turgan bo‘lsa, 1894-yilga kelganda
birinchi o‘ringa chiqib oldi. 1894-yilda AQSHning sanoat
mahsuloti G‘arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsulotining
yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki baravar or-
tiq edi.
AQSHda keng ichki bozorning vujudga keltirilishi kapita-
lizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga
qishloq xo‘jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining „amerikacha yo‘li“
(ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni ko‘paytirish)
g‘alaba qilganligi, g‘arbiy hududlarning tezlik bilan o‘zlashtirilganligi,
katta tezlik bilan temiryo‘llar qurilganligi va immigratsiya natijasida
aholining tez ko‘payishi ham yordam berdi.
AQSH sanoati o‘sishida Yevropa kapitali ham muhim rol o‘y-
nadi. Yevropa davlatlarining AQSHga qo‘ygan kapitali 1890-yilda
3 mlrd. dollarga yetdi. Biroq, AQSH chetga kapital chiqarish bo‘-
yicha Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyadan orqada edi.
XX asr boshlarida mamlakatda ishlab chi-
qarishning markazlashuvi hamda bank ka-
pitali bilan sanoat kapitalining qo‘shilib ke-
tishi davom etdi. Sanoat mahsulotining qiymati 1909-yilda 20 mlrd.
dollardan oshdi. Bu Buyuk Britaniya sanoat mahsulotlari qiyma-
tidan 2,5 baravar, Germaniyadagidan 2 baravar ortiq edi. I jahon
urushi davrida AQSHda qazib chiqarilayotgan toshko‘mirning, ish-
lab chiqarilayotgan cho‘yan va po‘latning miqdori Buyuk Brita-
niya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi.
Sanoatning barcha tarmoqlari bo‘yicha AQSH jahonda birinchi
o‘ringa chiqdi. Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida
trestlar tashkil etildi. Po‘lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat
tarmoqlari „qirollari“ning qudratli sulolalari vujudga keldi. Ford
avtomobil qiroliga aylandi.
1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo‘lgan
„Po‘lat korporatsiyasi“ deb atalgan katta trestni tashkil etdi. Eng
4 — Jahon tarixi, 9- sinf

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin