48
(1905—1911-yillardagi) inqilobni bostirdi. Xitoyda 1911-yilgi in-
qilobga qarshi chiqqan kuchlarni qo‘llab-quvvatladi.
Ayni paytda, Buyuk Britaniyadan ko‘chib borgan inglizlar
joylashgan mustamlakalarda mustahkamlanib olgan milliy burjua-
ziyaning tazyiqi ostida hukumat bu mustamlakalarga
rasmiyatchilik
jihatdan mustaqillik huquqini (dominion) berishga majbur bo‘ldi.
Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika Ittifoqi dominionlik
huquqini oldilar (1867-yili Kanada shunday huquqni olgan
edi).
Savol va topshiriqlar
1. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning eng
ulkan mustamlakachi davlat ekanligini dalillar bilan asoslang.
2. Buyuk Britaniya mustamlakachi imperiyasi qay tariqa tashkil
topdi?
3. Buyuk Britaniya—Rossiya munosabatlari
haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Buyuk Britaniya ham I jahon urushining aybdorlaridan biri
bo‘lganligini asoslab bering.
XIX ASR OXIRI — XX ASR
BOSHLARIDA AMERIKA DAVLATLARI
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki
bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning
tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining
bekor qilinishi, unumdor
yerlarning, foydali qazilma boyliklarining ko‘pligi, sersuv daryolar
va poyonsiz o‘rmonlar, Amerika xalqining
tadbirkorligi mamlakat
iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ayni
paytda, AQSHga qo‘shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz
edi. Bu hol AQSHni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi. Bundan
tashqari, AQSHga yashash uchun kelganlarning
katta qismi amalda
yuqori malakali mutaxassislar edi.
1870—1914-yillarda AQSHga 25 mln. kishi ko‘chib keldi. Bu
ham AQSH taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, ishchi
kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika
va texnologiyalarning ishlab
Dostları ilə paylaş: