Shartli belgilar


Gomrul — o‘z-o‘zini idora qilish (Irlandiyada). Ijtimoiy harakat



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Gomrul
— o‘z-o‘zini idora qilish (Irlandiyada).
Ijtimoiy harakat







45
Savol va topshiriqlar
1. Irlandiya muammosi qay tariqa vujudga kelgan edi?
2. Irland xalqining mustaqillik uchun olib borgan kurashi haqida
nimalarni bilib oldingiz?
3. Gomrul haqidagi qonun qabul qilinmasligi mumkin edimi?
4.  1911-yilda Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan parlament islohoti haqida
so‘zlab bering.
5. Leyboristlar partiyasining tuzilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. Buyuk Britaniya qachon Irlandiyani bosib olgan edi?
Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati
Buyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti
AQSH va Germaniyaga nisbatan pasaya-
yotgan bo‘lsa-da, harbiy jihatdan hamon
dunyoning eng qudratli davlati bo‘lib qolayotgan edi. Qudratli
harbiy dengiz floti Buyuk Britaniyani dengizda tanho hukmron
davlatga aylantirgan edi. Shu qudrat tufayli, Buyuk Britaniya XIX
asrdan boshlab dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni
bosib oldi va ularni o‘z mustamlakasiga aylantirdi.
XIX asr oxiriga kelganda, mustamlakalarga aylantirilgan
hududlar 33 mln. kv. km.ni tashkil etdi. Ularda qariyb 370 mln.
kishilik aholi yashardi.
Mustamlakalardan keladigan daromad olinayotgan foydaning
katta qismini tashkil etardi.
O‘sha davr tarixchilari Buyuk Britaniya uchun mustamlakalar-
ning ahamiyati haqida majoziy ma’noda bunday deb yozgan edilar:
„Hindiston Buyuk Britaniyani boquvchi enaga. Misr esa Britaniya
imperiyasi boshiga kiydirilgan tojdir“.
Britaniyaning dengizdagi tanho hukmronligi
hatto mamlakat madhiyasida ham o‘z ifo-
dasini topgan edi. Buyuk Britaniyaning o‘g‘-
lonlari va qizlari madhiyadan o‘rin olgan
„Britaniya, dengizlarni boshqar, hukmronlik qil!“ degan satrlarni
mag‘rurlik bilan ijro etardilar.
Iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng ilg‘or mamlakat
sifatidagi mavqeyining pasaya borishi uni yangi-yangi mustamlaka-
lar bosib olishni kuchaytirishga undadi. Ayni paytda esa, avvalgi
mustamlakalarda o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashga intildi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin