Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Iqtisodiy taraqqiyotda
orqada qolish


41
Bundan tashqari, yosh rivojlanayotgan davlatlar ingliz tovarlariga
katta boj to‘lovlari joriy etgan edilar. Buyuk Britaniya esa hamon
bojsiz savdo an’anasiga sodiq bo‘lib qolaverdi.
Ikkinchidan, xalqaro maydonda bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lish
uchun kurash kuchaygan bir sharoitda Buyuk Britaniya harbiy
xarajatlarni ko‘paytirishga majbur bo‘ldi. 1900—1914-yillar oralig‘ida
bu xarajat 3 marta ko‘paydi.
Shunday bo‘lsa-da, Buyuk Britaniya iqtisodiy jihatdan hamon
qudratli edi. London jahon moliya markazi hisoblangan. Jahon
savdosida hisob-kitob hamon Buyuk Britaniya pul birligi (funt
sterling) asosida amalga oshirilardi.
Ingliz kapitalizmi sanoat sohasidagi oldingi birinchiligidan mah-
rum bo‘lgan bo‘lsa ham, juda katta foyda olish imkoniyatini saqlab
qoldi. Bunga ko‘pdan ko‘p mustamlakalaridagi juda katta bozor-
larni o‘z qo‘lida saqlab qolish orqali erishdi. Bundan tashqari,
Buyuk Britaniyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo‘ldan ketgani
bilan, jahon vositachilik savdosidan, sug‘urta, bank, kemasozlik
sohasidagi monopol hukmronligidan mahrum bo‘lganicha yo‘q edi.
Buyuk Britaniya burjuaziyasi bu monopol hukmronlikni avvalo
o‘zining mustamlaka imperiyasi tufayli uzoq vaqt saqlab qola oldi.
Buyuk Britaniya hamon kapital eksport qilishni davom ettirdi.
Bu kapital Buyuk Britaniyaga juda katta foyda keltirardi.
Kapital
(lotincha — bosh, asosiy) — sarmoya; o‘z egasiga daromad
keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar. Ya’ni qiymat keltiruvchi,
o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat.
Savol va topshiriqlar
1. „Siyosiy tuzum“ iborasiga „Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan
bilimlaringizga asoslanib izoh bering.
2. „Kuchli ikki partiyaviy tizim“ deyilganda nimani tushunasiz?

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin