60
Argentina, Meksika, Chili, Urugvay,
Venesuela va Kolumbiya
mamlakatlari Ispaniya zulmiga qarshi uzoq vaqt o‘z mustaqillik-
larini saqlash va feodal monarxiyani ag‘darib tashlash uchun
kurashdilar.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida
XIX asrning
oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigina boshlangan edi. Ular-
ning iqtisodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda,
feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari
va hindularning sodda
urug‘-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi. Bu mamlakatlarning
asriy qoloqligidan Buyuk Britaniya,
Fransiya, AQSH va Ger-
maniya kabi buyuk davlatlarning monopolistlari foydalanib qoldilar.
XIX asrning oxirlariga kelib, Lotin Amerikasi
mamlakatlari amalda
Buyuk Britaniya va AQSHning yarimmustamlakalariga aylanib
qoldilar.
Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq
va o‘ta mashaqqatli yo‘ldan bordi. Bu mintaqaga eng ko‘p
kapital
kiritgan davlat Buyuk Britaniya edi. Asosiy mablag‘lar bandar-
gohlarga, temiryo‘llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o‘sim-
liklarni o‘stirishga va go‘sht sanoatiga sarflanardi.
XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga
AQSH kapitali ham kirib
kela boshladi.
1868—1878-yillarda Kuba xalqi ispan mus-
tamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib
bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib
olgan edi). Biroq, Ispaniya qaramligidan ozod bo‘lishga erishilmadi.
Shunday bo‘lsa-da, 1880-yilda qulchilikning
bekor qilinishiga
erishdi.
Òez orada Kubaga AQSH da’vo qila boshladi. U Kubani sotib
olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozi
bo‘lmadi. 1895-yilda Kuba xalqi o‘z
milliy qahramoni Xose Marti
hamda Maksimo Gomeslar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardi.
1898-yil Parijda imzolangan Ispaniya — AQSH sulh shartno-
masiga ko‘ra, Kuba mustaqil deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda
AQSHga qaram bo‘lib qoldi.
XIX asrning 70-yillarida AQSH—Meksika
(Meksika 1821-yilda mustaqillikni qo‘lga
kiritgan edi)
munosabatlari keskinlasha
bordi. Bunga AQSHning Meksikani o‘ziga siyosiy va iqtisodiy qa-
ram qilishga intilishi sabab bo‘ldi. Chunonchi, 1876-yilda AQSH
Dostları ilə paylaş: