Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Ichki siyosat


68
To‘g‘ri, inqilob yengildi. Hukmron tabaqalar bu inqilobdan zarur
saboqlar ham chiqardi. Uning asosiysi—dehqonlarni inqilobiy
harakatdan chetlatish haqidagi saboq edi. Ikkinchisi, qishloqlarda
podsho hokimiyatining kuchli ijtimoiy tayanchini vujudga kel-
tirish muammosi edi.
Bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun agrar islohot
o‘tkazishga qaror qilindi. Podsho 1906-yilda agrar islohot o‘t-
kazish va dehqonlarni ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqardi.
Bu islohot bosh vazir P.A. Stoliðin tashabbusi bilan bog‘liq
bo‘lganligi uchun u tarixga „Stoliðin agrar islohoti“ nomi bilan
kirgan. Unga ko‘ra, dehqonlarning o‘z xususiy yeriga ega bo‘lishi
masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo‘ljal-
landi:
— jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan
jamoa yerini xususiy mulkka aylantirish hamda dehqonga o‘z yerini
sotish huquqini ham berish;
— dehqonlarning davlat va pomeshiklarga qarashli yerlarni so-
tib olishlari uchun ularga „Dehqonlar banki“ orqali yordam be-
rish;
— yer tanqisligi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi
dehqonlarning bir qismini Sibir, Turkiston, Uzoq Sharq va im-
periyaning milliy chekka o‘lkalariga ko‘chirish.
Stoliðin agrar islohoti qishloq aholisining tabaqalanishini va
ichki bozorning o‘sishini kuchaytirdi. Badavlat dehqonlar (qu-
loqlar)ning mavqeyini mustahkamladi. Biroq, agrar islohot po-
meshik yer egaligini tugata olmadi.
Bundan tashqari, ko‘chib ketganlar yana avvalgi joylariga qayta
ko‘chib kelishga majbur bo‘la boshladilar. Chunki ko‘chirish mod-
diy jihatdan yetarli ta’minlanmadi. Buning oqibatida 1911-yilda
ko‘chib ketganlarning (ularning soni 3,5 mln. dan ortiq edi)
yarmidan ko‘pi qayta ko‘chib keldi.
Shuningdek, ko‘chirish siyosati milliy chekka o‘lkalardagi siyo-
siy vaziyatni keskinlashtirdi. Bunga chekka o‘lkalardagi, xususan,
Turkistondagi mahalliy aholiga qarashli eng yaxshi yerlarning
ko‘chib kelganlarga berilganligi, yerli aholining esa sharoiti og‘ir
yerlarga surib chiqarilganligi sabab bo‘ldi.
Shu tariqa, Stoliðin mamlakatni „tinchlantira“ olmadi. Hukm-
ron tabaqalar uning iste’fo berishini talab eta boshladilar. Bunga


69
erishilmagach, 1911-yilda Stoliðin otib o‘ldirildi. Lekin, barcha
nuqsonlariga qaramay, Stoliðin agrar siyosati qishloqda kapita-
lizmning taraqqiy etishiga yo‘l ochdi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin