72
Natijada, 1885-yilda Kushka shahri bosib olindi.
Shundan
so‘ng Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida Afg‘onistonning
taqdiri va uning chegarasini belgilash masalasi hal etildi. 1891-
yilda Rossiya bosib olgan O‘rta Osiyo hududi va Afg‘oniston
o‘rtasidagi chegaraning Pomirdan o‘tishi haqidagi shartnoma
imzolandi.
Rossiya—Yaponiya
munosabatlari Xitoy va
uning provinsiyasi Manjuriya tufayli tobora
keskinlashdi.
Ertami-kechmi bu ikki davlat
o‘rtasida urush kelib chiqishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Buni yaxshi anglagan Yaponiya endi buyuk davlatlar bilan
yaqinlashish yo‘llarini izlay boshladi. Va, nihoyat, 1902-yilda
Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolandi.
Ular har qanday
sharoitda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.
AQSH Yaponiyani Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanishga
rag‘batlantira boshladi. Harbiy jihatdan urushga tayyor bo‘lgan
Yaponiya floti 1904-yilda urush e’lon
qilmay turib, Port-Arturdagi
Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum
qildi va unga katta talafot
yetkazdi (ilovaga qarang).
Rossiya harbiy-iqtisodiy jihatdan urushga tayyor emas edi.
Buning oqibatida ham dengizda, ham quruqlikda mag‘lubiyatga
uchradi. Nihoyat, Port-Artur taslim bo‘ldi. 1905-yilda Susima
yonida rus floti yakson qilindi. Shu tariqa deyarli butun Òinch
okean floti halokatga uchradi.
Shunday sharoitda Rossiyaning Yaponiya
bilan tinchlik shart-
nomasini imzolashdan boshqa iloji qolmadi.
AQSH vositachiligida 1905-yilning 23-avgustida shunday shart-
noma imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir
doirasi
deb tan oldi.
Yaponiya Port-Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldi. Saxa-
lin orolining janubiy qismi Yaponiyaga berildi.
Dostları ilə paylaş: